Timofeyeva va Kudermetova “Rolan Garros”dagi ishtirokini boshladi
Sport
−
10:22 755 1 daqiqa
Kecha, 19 may kuni tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Mariya Timofeyeva va Polina Kudermetova “Rolan Garros” turniridagi ishtirokini boshladi. Har ikki tennischi ham musobaqaning kvalifikatsiya bosqichini muvaffaqiyatli start bilan boshladi.
E’tiborlisi, ikki sportchi ham saralashning dastlabki bosqichida g‘alaba qozondi. Mariya Timofeyeva birinchi bosqichda kanadalik raqibasi Breys Kadensni ikki setda 6/1, 6/3 hisobida mag‘lub etdi. Polina Kudermetova esa, niderlandiyalik Anuk Kovermansni 6/1, 7/6 hisobida taslim qildi.
Endi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bugun, 20 may kuni ikkinchi davra uchrashuvlarida kortga chiqadi.
Mariya Timofeyeva Toshkent vaqti bilan soat 17:40 da argentinalik Mariya Karlega qarshi bahs olib borsa, Polina Kudermetova ham shu vaqtda bolgariyalik Viktoriya Tomova bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova “Rolan Garros” musobaqasining asosiy bosqichida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi.

Live
Barchasi