Polina Kudermetova dunyoning 1-raketkasiga qarshi kortga chiqdi

Sport

−

image

Kecha, 22 oktyabr kuni O‘zbekistonning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova Xitoyda o‘tayotgan “Ningbo Open” turnirining ikkinchi bosqichida jahon reytingi yetakchisi, qozog‘istonlik Yelena Ribakinaga qarshi kortga chiqdi. Bahs muddatidan oldin qozog‘istonlik tennischi foydasiga hal bo‘ldi.

Saralash bosqichi orqali asosiy to‘rga yo‘l olgan Kudermetova birinchi setda 0:5 hisobida ortda qoldi va uchrashuvni davom ettirmaslikka qaror qildi. Bahs 33 daqiqa davom etdi.

Uchrashuv davomida Ribakina bitta eysni amalga oshirdi, bitta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘qqizta breyk-poyntning uchtasidan foydalandi.

Shu tariqa, qozog‘istonlik tennischi chorak finalga yo‘l oldi. U keyingi bosqichda Ribakina polyak tennischisi Katajina Kavaga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, hozirda Polina Kudermetova jahon reytingida 102-o‘rni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing