“Time” yuzyillikning 100 ayolini saraladi

Olam

image

Dunyoga mashhur “Time” jurnali 1920 yildan keyingi davrda yashab o‘tgan va dunyo rivojlanishiga hissa qo‘shgan 100 nafar ayol ro‘yxatini tuzdi.

Qayd etilishicha, 72 yil davomida “Time” faqat “Yil erkagi”ni e’lon qilib kelgan. Ba’zi istisnolar bilan bular doim prezident, bosh vazir yoki ishlab chiqarish magnati bo‘lgan.

1999 yilga kelib, “Yil erkagi” o‘z o‘rnini “Yil odami”ga bo‘shatib bergan. Ism o‘zgargani bilan ko‘p hollarda tanlov bir xil bo‘lib qolavergan.

“Yilning 100 ayoli” loyihasi doirasida biz soyada qolib ketgan obro‘li ayollar ro‘yxatini tuzdik. Unga erkaklar tanlydigan lavozimlarda ishlagan ayollar masalan, dunyo yetakchilari Golda Meir va Korazon Akino. Ro‘yxatdagi ko‘pchilik ayollar faolligi va madaniyat orqali hurmat topgan”, deyiladi xabarda.

“Time” bosh muharriri Nensi Gibbsning yozishicha, bu loyiha gender tenglik bo‘lmagan tizimda ayollar qanday qilib hokimiyatni saqlab qolganini o‘rgatishini aytib o‘tgan. 

Bu loyiha doirasida 89 ta yangi muqova tayyorlash kerak bo‘lgan. Dastlab 600 tnafar ayol ro‘yxati shakllantirilgan. Keyin har bir yil uchun bittadan tanlab olingan. 

Nufuzli ayollar yuztaligiga fransiyalik modeler Koko Shanel, aktrisa Merilin Monro, meksikalik rassom Frida Kalo, AQSHning sobiq birinchi xonimlari Eleonora Ruzvelt, Jaklin Kennedi, Hillari Klinton va Mishel Obama, amerikalik huquq himoyachisi Anjela Devis, Hindistonning yagona ayol bosh vaziri Indira Gandi, Buyuk Britaniya Bosh vaziri – “Temir ayol” Margaret Tetcher, OIVning ochilishida ishtirok etgan fransiyalik virusolog Fransuaza Barre-Sinussi, malika Diana, yozuvchi Joan Rouling, qo‘shiqchi Madonna, siyosatchi Nensi Pelosi, Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, Germaniya kansleri Angela Merkel, eko-faol Greta Tunberg kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

ayol Time

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing