TikTokerlarni cheklash emas, ularga imkoniyat berish kerak – Ortiqxo‘jayev
Jamiyat
−
18 dekabr 2020
5847Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev TikTokerlarnini cheklash emas, ularga imkoniyat berish kerakligi haqida gapirdi. Bu haqda hokim bugun, 18 dekabr kuni Congress Hall majmuasida “Toshkent yoshlari forum — 2020” doirasidagi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev forumda TikTok yulduzlarining ishtirok etishi bo‘yicha berilgan savolga quyidagicha javob berdi.
“TikTok ham ijtimoiy tarmoqlar, internet olamining bir qismiga aylanib ulgurdi. Ularni cheklash emas, balki to‘g‘ri yo‘lga solishimiz kerak. O‘zbekiston demokratik davlat bizga cheklash yarashmaydi. Ularni to‘g‘ri yo‘lga solsak, bugun arzimasdek ko‘ringan o‘sha yoshlar ertaga kerakli insonga aylanadi”, dedi hokim.
Forum avvalida tashkil etilgan anjumanda Toshkent hokimi Yoshlar festivali doirasida bir oy davomida amalga oshirilgan tadbirlar haqida so‘z yuritarkan, yoshlarni to‘g‘ri yo‘l tanlashiga va ularning orzulari amalga oshishiga ko‘mak berishini ta’kidladi.
Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Rahimovaning aytishiga ko‘ra, bugunga qadar forumda 10 mingga yaqin yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan. Ular Congress Hall'da o‘tadigan forum doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishadi.
LiveBarchasi