TikTok jonli efirida ona farzandini kaltakladi (video)
3-sahifa
−
28 avgust 21344 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda TikTok jonli efirida ona o‘z farzandini kaltaklagani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi.
Uning bildirishicha, videoyozuvlardagi shaxs efir orqali voyaga yetmagan farzandlarini haqoratlagan va jismoniy tazyiq o‘tkazish bilan qo‘rqitib, tahdid qilgan. Mazkur fuqaroning Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida yashovchi M.I. ekani aniqlangan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida IIV va Ijtimoiy himoya milliy agentligi vaziyatni o‘rgangan va bolani himoyalash yuzasidan ijtimoiy keys ochilgan. Qayd etilishicha, bolaga zaruriy ijtimoiy psixologik ko‘mak choralari ko‘rilmoqda, ayol bilan korrektiv choralar olib borish davom etmoqda.
Ichki ishlar organlari tomonidan M.I.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-(Haqorat qilish) va 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, ish materiallari ko‘rib hal qilinishi uchun sudga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Olmazor tumanida ona farzandi bilan janjallashgan bolani kaltaklagan edi. Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan. Ona Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan sud tomonidan jarima jazosi tayinlangan.
Live
Barchasi