Turkiya TikTok'dagi kontentlar ustidan qattiq kurash boshladi

Olam

image

Turkiya hukumati TikTok ijtimoiy tarmog‘idagi 600 dan ortiq akkauntni behayo mazmundagi kontentni joylashtirgani uchun tekshirmoqda. 13 kishi qo‘lga olindi, 14 nafarini mamlakatdan chiqarib yuborish choralari ko‘rildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerliqoya ma’lum qildi. 

“Olti oy davomida TikTok’dagi 1332 nafar akkaunt ma’muridan 13 nafari qo‘lga olindi, 42 nafaridan mamlakatdan chiqmaslik to‘g‘risida tilxat olindi, 14 nafariga nisbatan Turkiyadan chiqarib yuborish choralari ko‘rildi. Ma’lumotlari bo‘limlarimizga yuborilgan 612 ta hisob qaydnomasi bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda”, deydi vazir. 

Turkiya rasmiylari yaqinda TikTok va uning mashhur blogerlari ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi haqida gapirdi. Hukmron "Adolat va taraqqiyot" partiyasi deputati, raqamli media bo‘yicha parlament komissiyasi rahbari Husayn Yayman 4 dekabr kuni “A Haber” telekanalida aytganidek, blogerlar faoliyati “milliy xavfsizlik masalasiga” aylandi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 7 dekabr kuni parlament komissiyasi a’zolari TikTok’ning Yevroosiyo va Turkiyadagi rasmiy vakili bilan muloqot qilishni va unga ijtimoiy tarmoq yuzasidan ko‘plab shikoyatlar haqida xabar berishni rejalashtirgan. Turk qonunchilarining TikTok faoliyatiga nisbatan asosiy shikoyati shundaki, Turkiyada fenomen deb ataladigan eng mashhur mahalliy blogerlarning xatti-harakatlari ko‘pincha ma’naviy va axloqiy qadriyatlar asoslariga zid keladi. Deputatlar blogerlar faoliyati, jumladan, ularning salmoqli ulushi muxlislar xayriyalari, shuningdek, reklamadan tushgan daromadlari ustidan moliyaviy va soliq nazoratini joriy etish zarur deb hisoblamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya TikTok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made