Tixanovskaya o‘zini “belarus xalqi saylagan yagona lider” deb e’lon qildi
Olam
−
23 Sentabr 2020
6908Bugun, 23 sentyabr kuni Belarusda Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiya marosimi o‘tkazildi. Endi u rasman oltinchi prezidentlik muddatida ish boshladi. Buning ortidan prezdentlik uchun sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Lukashenkoning vakolat muddati tugaganini e’lon qildi va o‘zini mamlakatning yagona yetakchisi deb e’lon qildi.
“O‘zini qonuniy deb e’lon qilishga urinish, avvalga prezidentlik muddati tugaganini bildiradi. Xal unga (Lukashenkoga) yangi mandat bermadi. Bu degani uning kuchishlatar tuzilmalarga bergan buyruqlari noqonuniy va ijro etish majburiy emas. Men, Svetlana Tixanovskaya belarust xalqi saylagan yagona yetakchiman”, degan u o‘z murojaatida.
U yangi saylovlar o‘tkzish niyatini takrorlab, demokratiya g‘alaba qozongach Yevropa davlatlari respublikaga yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi.
O‘z navbatida Tixanovskayaning safdoshi Muvofiqlashtirish kengashi prezidiumi a’zosi Olga Kovalkova inauguratsiya marosimini “sirk”ka, Lukashenkoni “sobiq Prezident”ga tenglashtirdi.
“Bugun biz sobiq Prezidentimiz va qo‘l ostidagilari ishirokidagi navbatdagi sirkni tomosha qildik”, deb yozgan u o‘zining Facebook sahifasida.
Ma’lumot uchun, bugun Minskdagi Mustaqillik saroyija Lukashenkoning inauguratsiya marosimi o‘tkazildi. Unda yuzlab odam ishtirok etdi. Ilk bu tadbir haqida avvaldan e’lon qilinmadi.
LiveBarchasi