Tixanovskaya Makron bilan uchrashdi

Olam

image

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Vilnyus shahrida uchrashdi. Bu haqda “Pul Pervoy” Telegram kanali xabar berdi.

Belarusda yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazish va boshqa davlatlar bilan yarashuv o‘zaro muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi.

“Fransiya ko‘hna demokratiya zaminlaridan biri sifatida bizni yaxshi tushunadi. Shuning uchun men janob Makronga asosiy maqsadimizni eslatib o‘tmoqchiman. U ham bo‘lsa, joriy yil davomida yangi erkin va shaffoflarni o‘tkazishdir”, degan Tixanovskaya.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari Belarusda bo‘layotgan voqealarga befarq qarab turmasliklari kerak.

Bundan avval, Makron Belarusdagi norozilik namoyishlari ishtirokchilariga tasanno aytib, Prezident Aleksandr Lukashenkoni o‘z lavozimini ko‘ngilli ravishda tark etishga chaqirgan edi. Lukashenko esa bunga javoban fransuz yetakchisiga “tajribali siyosatchi hali xom siyosatchi” ko‘rinishida o‘z davlatining ichki ishlari bilan shug‘ullanishini maslahat bergandi.

Belarusda 50 kundan beri ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Ularning ishtirokchilari Lukashenkodan iste’foga chiqish, yangi saylovlar o‘tkazish va namoyishchilarni shafqatsiz ravishda haydagan kuchishlatar tizim xodimlarini jazolashni talab qilmoqda.

Hokimiyat vakillari esa bu vaziyatda tashqi ta’sir elementlari bor deb hisoblamoqda. Lukashenkoning fikricha, namoyishchilar rangli inqiloblar uslubi bo‘yicha harakatlanishga urinayotgan bo‘lsa, ular Polsha, Litva, Chexiya va Ukrainadan turib boshqarilmoqda. Muxolifat davlat to‘ntarishini amalga oshirishida urinishda ayblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron Svetlana Tixanovskaya

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing