Tixanovskaya Lukashenkoning Shveysariyadagi aktivlarining ketiga tushdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Shveysariyani Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning aktivlarini mamlakat banklarida topish imkoniyatini tekshirishga chaqirdi. Bu haqda Tixanovskayaning Matbuot kotibi Anna Krasulinaga asoslanib xabar berilgan. 

Bu haqda u Shveysariya Federal kengashi prezidenti Andreas Ebi bilan uchrashuvida aytib o‘tgan. 

Ta’kidlanishicha, Tixanovskaya Shveysariya banklari mijozlarini Belarus Hukumati chiqargan davlat obligatsiyalarini sotib olmaslikka chaqirgan. 

Prezidentilikka sobiq nomzod Tixanovskaya, shuningdek, "Shveysariyada hisob raqamiga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan Belarus rasmiylari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bo‘yicha tergovni boshlash muhimligini ta’kidlagan". 

Bundan tashqari, Tixanovskaya Shveysariyani Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining uchinchi paketiga qo‘shilishga va AQSH sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan. 

Belarus muxolifati rahbari, shuningdek, Shveysariya Hukumati va parlamentiga Belarus xususiy biznesi uchun sharoitlarni soddalashtirishni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko Tixanovskaya

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing