Tixanovskaya Lukashenkoga qarshi xalq tribunali tuzilganini e’lon qildi

Olam

image

Belarus muxolifatining yetakchisi Svetlana Tixanovskaya kelajakda mamlakat Prezidenti Aleksandr Lukashenko va uning tarafdorlari rejimini jazolash uchun xalq tribunali tuzilganini e’lon qildi.

“Bizning mamlakatimiz to‘laligicha jinoyat maknoniga aylandi. Shuni ma’lum qilamanki, Aleksandr Lukashenko va uning hamtovoqlari – terrorchilik tashkiloti. Ular o‘z jinoyati uchun javob berishi kerak”, degan Tixanovskaya tribunalni tuzish zarurati haqida gapirib.

Tixanovskaya saylovlarni kuzatib boruvchi “Zubr” va “Golos” onlayn platformalari bilan birgalikda muxolifat jinoiy dalillarini qayd etish tizimi ishlab chiqilganini ma’lum qildi. U yerga kuchishlatar tuzilmalarning noqonuniy harakatlarini isbotlovchi foto va videolarni yuklash mumkin, kelgusida ular sudda ishlatilishi mumkin. Kuchishlatar tuzilma xodimlari hamkasblarining jinoyatlari haqida ma’lumot bersa, ular amnistiyaga tushishini va’da qildi.

20 dekabr kuni Tixanovskaya xalq ayblovi bilan eng katta yurish o‘tkazilishini rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Svetlana Tixanovskaya Alesandr Lukashenko

Baholaganlar

228

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing