Tixanovskaya Lukashenko qanday holatda lavozimidan ketishi mumkinligini aytdi 

Olam

−

image

Belarus Prezidenti lavozimiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoga nisbatan bosim kuchayishi haqida gapirdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Lukashenkoga nisbatan bosim "kundan-kunga" kuchayib boraveradi. 

"Bir kun kelib bu narsa Lukashenko uchun juda og‘irlik qilib qoladi va u ketadi", deya ta’kidlagan Tixanovskaya. 

Avvalroq, Svetlana Tixanovskaya agarda davlat rahbari Aleksandr Lukashenko lavozimini tark etsa, uni ta’minlab turishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda Prezident saylovlari 2020 yil 9 avgust kuni bo‘lib o‘tdi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, unda Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozondi. Muxolifat nomzodlarining barcha shtab-kvartiralari rasmiy natijalarni tan olmasligini e’lon qildi. Shundan so‘ng, mamlakatda norozilik namoyishlari boshlanib ketdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

171

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing