Tixanovskaya Belarus politsiyasini terrorchilar deb tan olishni taklif qildi

Olam

image

Belarus Prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya mahalliy politsiya hamda uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi (GUBOPiK)ni terroristik tashkilotlar deb tan olishni taklif qildi. Bu haqda Tixanovskaya Niderlandiya Tashqi ishlar vaziri Stefan Blok bilan uchrashuvda aytgan. 

“GUBOPiK va OMON jinoiy to‘dalarga aylanganligi sababli, biz ushbu tashkilotlarni ekstremistik yoki terroristik deb tan olish tartibini kiritamiz”, deydi Tixanovskaya.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tergov tugaguniga qadar ishdan bo‘shamagan xodimlar sherik sifatida tan olinadi — ularga sanksiya qo‘llaniladi va mol-mulklari bilan birga hibsga olinadi. Tixanovskayaning aytishicha, Belarusda xavfsizlik kuchlarining harakatlari tobora kuchaymoqda. 

“Avval ular ko‘chadalarda odamlarni ushlashdi. Keyin kvartiralarni buzib kira boshladilar. Endi ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri oilalarga bostirib kirib, namoyishchilarning bolalari xavf ostida ekanligi bilan tahdid qilmoqdalar”, deydi muxolifatchi.

Tixanovskayaning ta’kidlashicha, Belarus rasmiylari hech bo‘lmaganda qonunga muvofiq holatni yaratishga urinmayapti.

“Shuning uchun biz Belarus xalqiga qarshi jinoyatlar dalillarini qayd etish tizimini yaratyapmiz. Bu har kim qo‘shishi mumkin bo‘lgan va sud jarayonlariga olib kelinadigan yagona dalillar bazasi bo‘ladi”, deydi Tixanovskaya.

Belarusda norozilik namoyishlari 9 avgust — Prezident saylovlari kunidan beri davom etmoqda. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va dubulg‘a bilan tarqatishga urindi. Ba’zi harakatlar hibsga olish bilan yakunlandi. Xavfsizlik politsiyasi, bundan tashqari, shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz yurgan odamlarni ham mikroavtobuslarda olib ketmoqda. Xususan, o‘tgan yakshanba kuni Belarusda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarida 656 kishi hibsga olingan.

Namoyishchilar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilingan Prezidentlik saylovlari natijalaridan norozi. MSKga ko‘ra, Belarusning amaldagi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz Tixanovskaya 10,1 foiz ovoz olgan. Muxolifat Prezidentni Belarus hokimiyatini soxtalashtirishda aybladi va hokimiyatni topshirishini talab qildi.

Lukashenko, o‘z navbatida, ovoz berish jarayonlarining qonuniyligi va qalbakilashtirish mumkin emasligini bir necha bor ta’kidladi. Unga ko‘ra, Belarusdagi norozilik namoyishlari chet eldan nazorat qilingan. Xususan, G‘arb maxsus xizmatlari Varshava va Kiyevda razvedka markazlarini yaratgan mamlakatlarga qarshi ishlamoqda.

Umidjon Nozimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Belarus' Tixanovskaya

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing