Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tashkil etildi
Jamiyat
−
13 Sentabr 2023
3408Prezidentimizning 2023 yil 20 iyundagi tegishli qaroriga muvofiq Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tashkil etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, markaz tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, kasbiy mahoratini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish funksiyalarini amalga oshiradi.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malaka toifasini olish bo‘yicha hujjat topshirishi tartibi va ularni attestatsiyadan o‘tkazishning yangi tizimi tasdiqlandi.
Bundan tashqari, markaz huzurida malaka toifasi berish appelyatsiya komissiyasi tashkil etildi va 39 ta komissiyaning tarkibi tasdiqlandi. Endi hujjatlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. Shuningdek, attestatsiyalar ham ZOOM dasturi orqali onlayn shaklda o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, malaka toifasi berish bo‘yicha attestatsiyalar joriy yilning 16 sentyabridan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi qayta tashkil etildi. Qo‘mitaga yangi rahbar tayinlash bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori qabul qilindi.
LiveBarchasi