Tibbiy niqoblar bolalar sog‘lig‘i uchun xavfli ekani aytildi
Salomatlik
−
26 may 2020
12409Yaponiya pediatrlari uyushmasi ota-onalarga koronavirus tarqalishiga qaramay, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar niqob taqishi xavfli ekani haqida ogohlantirmoqda. Bu haqda “Interfaks“ nashri xabar berdi.
“Niqoblar nafas olishni qiyinlashtiradi, chunki kichkintoylarning nafas yo‘llari juda tor bo‘ladi“, deyiladi uyushma xabarida.
Uyushma ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarga niqob taqishni to‘xtatishga chaqiradi. Ularning fikricha, ayniqsa jaziramada niqob taqish bolalar uchun yana bir xavfni keltirib chiqaradi.
Hozirgacha bolalar orasida koronavirusning jiddiy holatlari kam kuzatilgan, ularning aksariyati oila a’zolari tomonidan yuqtirilgan. Maktablarda yoki bolalar bog‘chalarida deyarli biron bir kasallikning tarqalishi kuzatilmagan.
LiveBarchasi