“The Best” uchun O‘zbekiston nomidan kimlar ovoz berdi?

Sport

image

Avvalroq, FIFA 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish natijalarini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur marosimda eng yaxshi futbolchini nomini aniqlash uchun, O‘zbekiston nomidan ovoz berish jarayonida MTJ bosh murabbiyi sardori Srechko Katanets, terma sardori Eldor Shomurodov hamda O‘FA matbuot va media departamenti rahbari Davron Fayziyev ishtirok etdi.

Srechko Katanets. Eng yaxshi futbolchi: 
1. Robert Levandovski
2. Muhammad Salah
3. Kevin De Bryuyne

Eng yaxshi murabbiy:
1. Roberto Manchini
2. Tomas Tuxel
3. Lionel Skaloni

Eng yaxshi darvozabon:
1. Janluiji Donnarumma
2. Eduar Mendi
3. Manuel Noyer

Eldor Shomurodov. Eng yaxshi futbolchi: 
1. Robert Levandovski
2. Muhammad Salah
3. Ngolo Kante 

Eng yaxshi murabbiy:
1. Xans-Diter Flik
2. Tomas Tuxel
3. Antonio Konte

Eng yaxshi darvozabon:
1. Eduar Mendi
2. Manuel Noyer
3. Alisson Beker

Davron Fayziyev. Eng yaxshi futbolchi:
1. Robert Levandovski
2. Lionel Messi
3. Krishtiano Ronaldu 

Eng yaxshi murabbiy:
1. Tomas Tuxel
2. Roberto Manchini
3. Pep Gvardiola

Eng yaxshi darvozabon:
1. Eduar Mendi
2. Janluiji Donnarumma
3. Alisson Beker

Eng yaxshi ayol futbolchi:
1. Aleksiya Putelyas
2. Jenni Ermoso
3. Penil Xarder

Eng yaxshi ayollar murabbiyi: 
1. Luis Kortes
2. Beverli Pristman
3. Emma Xeyz

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovskiga “The Best” sovrini nasib etdi. U 48 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan. 2-o‘rinni egallagan Messida 44, 3-pog‘onani band etgan Muhammad Salahda esa 39 ochko mavjud. 

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu terma jamoadagi gollari uchun, maxsus sovrin bilan taqdirlandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu Shomurodov The Best FIFA Levandovski

Baholaganlar

296

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing