The Best 2025. Yilning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar e’lon qilindi
Sport
−
07 noyabr 2025 2092 1 daqiqa
FIFA yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan nufuzli “The Best FIFA 2025” mukofoti uchun 11 nafar nomzod ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar berdi.
Ovoz berish FIFA’ning maxsus mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi va 2025 yil 28 noyabr kuni, Markaziy Yevropa vaqti bilan 23:59 da yakunlanadi.
Yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxati quyidagicha:
- Usmon Dembele, Ashraf Hakimi, Nunu Mendesh va Vitinya (barchasi PSJ);
- Pedri, Lamin Yamal va Rafinya (“Barselona”);
- Xarri Keyn (“Bavariya”);
- Kilian Mbappe (“Real Madrid”);
- Koul Palmer (“Chelsi”);
- Muhammad Saloh (“Liverpul”).
Nomzodlar FIFA ekspertlar komissiyasi tomonidan futbolchilarning 2024 yil 11 avgustdan 2025 yil 2 avgustgacha bo‘lgan davrdagi o‘yinlari asosida tanlab olingan.
Ovoz berishi allaqachon boshlangan va joriy yilning 28 noyabriga qadar davom etadi.
G‘olib milliy terma jamoalar bosh murabbiylari, terma jamoalar sardorlari, jurnalistlar va muxlislar ovozlariga ko‘ra aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 sentyabr kuni Parij shahrida “France Football” nashrining 2025 yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimida Usmon Dembele marosimning bosh mukofotini qo‘lga kiritgan edi.
Live
Barchasi