Tezkor: O‘zbekistonda karantin yana kuchaytarilishi kutilmoqda, to‘ylar taqiqlanadi
Jamiyat
−
08 iyul 2020
30402O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha karantin chora-tadbirlari yana kuchaytirilishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, joriy yilning mart oyida joriy qilingan karantin choralari yana qaytarilishi kutilmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
O‘zbekistonda koronavirus infenksiyasiga chalinish holatlari so‘nggi kunlarda jiddiy o‘sib borayotgani, xususan 1 iyuldan 6 iyulga qadar 1859 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani, kunlik o‘sish hajmi 4 barobarga oshib ketgani, koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar orasida o‘lim darajasining keskin oshganligi – 10 nafar fuqaro barvaqt hayotdan ko‘z yumganligi, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi karantin cheklovlarini qaytadan kuchaytirishni taqazo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qabul qilishi kutilayotgan yangi qaroriga ko‘ra, mamlakatda yana avtotransport vositalari harakati cheklanadi, to‘ylar, oilaviy marosimlar o‘tkazish taqiqlanadi.
Qarorning to‘liq matni tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 10 383 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 6811 nafari sog‘aygan, 41 kishi vafot etgan.
LiveBarchasi