Tezkor: O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilishi kutilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Emlanish o‘limga tashlangan qadammi? Nurmat Otabekov bilan ochiqcha suhbat north_east

Emlanish o‘limga tashlangan qadammi? Nurmat Otabekov bilan ochiqcha suhbat

O‘zbekistonda koronavirus bilan beqaror vaziyat kundan kunga yanada xavotirli tus olmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatda kuchaytirilgan karantin qoidalari qabul qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ muxbiri bunga aniqlik kiritish uchun Vazirlar Mahkamasidagi manbasi bilan bog‘landi. 

Manbaning qayd etishicha, ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 

Yig‘ilishda koronavirus bilan bog‘liq hozirgi holat, karantin choralarini kuchaytirish masalasi muhokama qilinayotgani ma’lum qilindi. 

Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qarorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilinishi kutilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, 16 iyul kuni mamlakatda koronavirusni yuqtirib olgan 501 nafar, shuningdek pnevmoniyaga chalingan 416 nafar bemor aniqlandi. Ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar rasman 118881 nafarni tashkil etmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

2186

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing