Emlanish o‘limga tashlangan qadammi? Nurmat Otabekov bilan ochiqcha suhbat
Intervyu
−
13 iyul 2021
3904212 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda qariyb 5 million doza vaksina ishlatilgan bo‘lib, mamlakat bo‘ylab ikki va uch bosqichli vaksinalarni to‘liq olganlar jami 921 623 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda uch turdagi – AstraZeneca (CovieShield), “Sputnik V” hamda o‘zbek-xitoy vaksinalaridan foydalanilmoqda.
Vaksinalar haqida so‘z ketganda, ularning koronavirus yuqtirib olishdan saqlashi yoki yuqtirib olingan taqdirda ham kasallik yengil o‘tishi haqidagi mulohazalar ilgari suriladi. Biroq, odamlar orasida vaksina o‘limga olib borarkan, umrni qisqartirib, aqliy faoliyatni susaytirarkan, qolaversa, bepushtlikka olib kelarkan, degan fikrlar ham yo‘q emas.
Ushbu suhbatni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
QALAMPIR.UZ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov bilan aynan vaksinalar haqida tarqalgan shumxabarlar haqida suhbatlashdi.
Qamariddin Shayxov, QALAMPIR.UZ rahbari: — Xush kelibsiz, xabarlarga ko‘ra allaqachon emlangansiz, xavfdan va xavotirdan yiroqsiz.
Nurmat Otabekov, Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi rahbari o‘rinbosari: — To‘g‘ri, men birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston-Xitoy vaksinasining ilk dozasini 3 aprel kuni qabul qilganman. Har uchala emlash kursini oldim va men to‘liq emlangan hisoblanaman. 3 bosqichdan avvalgi tekshiruvda virusni neytrallovchi antitanalar miqdori 100 dan yuqori, Immunoglobulin D miqdori esa 1 dan yuqori natijani ko‘rsatdi. To‘liq emlanib bo‘lgach, bir yarim oy muddatdan so‘ng organizmda to‘liq immunitet shakllanib ulguradi. Men barcha kurslarni yakunlaganimga bir oy muddat bo‘ldi. Hozirda ko‘rsatkichlarim yaxshi. Yakuniy tekshiruvdan keyin hotirjam bo‘laman, degan umiddaman.
Q.Sh.: — Emlanish virusdan qanchalik himoya qiladi?
N.O.: — Bir qancha narsalarni xalqimizga eslatishimiz kerak. Koronavirus bizga begona emas. Bir yarim yillik pandemiya davrida yurtdoshlarimiz virus haqida juda katta tushunchaga ega bo‘ldi. O‘tkir va og‘ir kechuvchi Pnevmoniya, SARS, MERS kasalliklari haqida gapirganimizda, koronavirus to‘g‘risida suhbatlashganmiz. Tabiatda koronavirusning 43 turi mavjud. Shu paytga qadar uning 6 xil turi odamlarda kasallik qo‘zg‘agan edi. COVID-19 uning yettinchi kasallik qo‘zg‘ovchi turi sifatida qayd etildi. Bu 44-tur emas. Dastlab COVID-19 shtammi haqida gapira boshladik, vaqt o‘tib, keyinchalik uning britancha, braziliyacha, afrikancha, hindcha shtammlar haqida aytildi. Ularning hududiga qarab, yangi nom berila boshlandi. Mutaxassislarning aniqlashicha, COVID-19 ning 5000 dan 7000 gacha yangi turlari paydo bo‘lgan (!).
Bir qarashda juda katta raqam, agar ularning hammasiga nom bersak, adashtirib qo‘yishimiz aniq. Nega yangi shtammlarga alohida e’tibor qaratdik, boisi, u yerdagi laboratoriyalarda olingan tahlillar natijasida virusning yangi xususiyatlari paydo bo‘lishi va o‘rganilishi mumkin.
Q.Sh.: — Tahlillar haqida gapiryapsiz. Bu borada O‘zbekiston xalqaro tadqiqotlarining ishtirokchisimi yoki tashqaridan kelgan tahlillarning ijrochisi?
N.O.: — Bilasizmi, men bir maqolni juda ko‘p tilga olaman, biroq hech qachon, bu gapimni radio va televideniyeda namoyish etishmaydi. Yoqib yuboriladigan ko‘rpani yuvish shart emas. Barcha shtammlar COVID-19, xolos. Ularga qarshi kurash usuli ham, yuqish va davolash yo‘llari va muhofazasi ham bir xil. Faqatgina yuqish intensivligi va tarqalishdagi farqlari tufayli turli nomlar berilgan. O‘zbekiston sharoitida axborotlar tarqatilibgina qolmay, COVID’ning olingan namunalari Innovatsion rivojlanish vazirligi va Ilg‘or texnologiyalar markaziga yuboriladi. Maqsad ularni yanada chuqurroq tekshirib, virusni aniqlashdan iborat. Dunyoda tarqalayotgan shtammlarning qariyb barchasini aniqlash imkoniyatiga egamiz. Lekin pandemiya paytida uni chuqur tahlil qilib katta mablag‘lar yo‘naltirishga hojat yo‘q.
Asosiy vazifamiz kasallikka chalingan odamni aniqlash, boshqalardan ajratish va davolab, eson-omon oilasiga qaytarishdan iborat. Agar surunkali kasalligi bo‘lsa, uni qaytalanishi, avj olishi va zo‘riqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Shu nuqtayi nazardan amaliy tibbiyot, kasallikka tashxis qo‘yish, profilaktik davolashga taalluqli bo‘lgan o‘z vazifasini bajaradi, lekin ilm sohasida izlanishlar olib boradigan markazlar chuqurroq tahlil qilish orqali, epidemiologik jarayonni harakatga keltiruvchi kuch qaysi virus ekanligini baholab boradi. Hozir O‘zbekistonda virusning har qanday turini aniqlaydigan laboratoriyalar mavjud. Mutaxassislar ham bor. Biz nafaqat virusga qarshi kurashyapmiz, balki kasallik tarqalishi bo‘yicha ilmiy asoslarga egamiz. Chunki O‘zbekistonning asosiy vazifasi, tendensiyalar va rivojlanishlarni hisobga olib, o‘z vaksinasini yaratish va mutatsiyaga uchragan turlarga qarshi kurashishdan iborat.
Q.Sh.: — Virusning turli xil shtammlari aniqlandi. O‘zbekistonda aynan qaysi shtamm yuqori aktivlik ko‘rsatmoqda?
N.O.: — Hozirgi tahlillar shuni ko‘rsatyaptiki, O‘zbekistonda hindcha va britancha shtammlar ko‘proq uchramoqda.
Q.Sh.: — Demak, o‘tgan yilgidan farqli yo‘lni bosib o‘tyapmiz...
N.O.: — Dastlab Uxan shtammi bilan ishlagan edik. Bu safar Britaniya va Hindistonda identifikatsiya qilingan turlari ko‘proq tarqalganiga guvoh bo‘lyapmiz. Kasallikning tarqalish tendensiyasi o‘zgarib, bolalarning ishtiroki ortib bormoqda. Bir jihatga e’tibor qaratish lozim: mutatsiya jarayoni tabiiy holat. Uni fojia sifatida qabul qilmaslik kerak. Boisi viruslar o‘zgaruvchan. Ular tur yoki turkum sifatida saqlanib qolishi uchun ular o‘zgaruvchanlikka moyil.
Ularning asosiy maqsadi – o‘zgarish barobarida o‘z hayotini saqlab qolish. Moskvada bir hamkasbim bilan “Red” jurnalini o‘qib qoldik. Unda bir fikr olg‘a surilgan edi. Bu Akademik Rillikovning deritizatsiya, ya’ni kemiruvchilarga qarshi kurashga qaratilgan fikrlari edi . “Agar kalamushlarni yo‘q qilish haqida o‘ylayotgan bo‘lsang, ular oyog‘ing tagida sendan qanday qutulish haqida yig‘ilish o‘tkazyapti”.
Bu balki majoziy o‘xshatishdir, lekin viruslar mutatsiya orqali odamlar bilan tinch va oqibat qilib yashab qolish uchun muloqotga kirisha boshlaydi. Shuning uchun, respirator viruslar gripp, koronavirus, revirus ko‘rinishida namoyon bo‘laveradi. O‘z vaqtida grippdan, qizamiq va virusli gepatitdan yiliga millionlab insonlar vafot etdi. Oxir-oqibat yoki biz vaksina yaratdik yoki u insonning hayotini saqlab qolish uchun harakat qildik. Endi u ham normal inson kabi yashay oladi. Tibbiyot sifati bunga yo‘l ochmoqda.
Q.Sh.: — Vaksina bizni himoya qiladimi?
N.O.: — Bir narsani aytay, har qanday parazit kasalliklar insonga yuqsa, unda virusga qarshi immunitet paydo bo‘ladi. Biroq uning barqarorlik darajasi qancha vaqtgacha yetadi? Uning miqdori bizni saqlab turishga qodirmi? Qon tarkibidagi antitanalar bilan ham vaksina ola olamanmi, degan savollar ancha ko‘paygan. Uni amaliyotga kiritayotgan paytdagi eng asosiy savol: kasallikni yuqtirgan odam oladimi? O‘zbekistonda birinchi marta virus aniqlanganidan 1 yilu 4 oy o‘tdi.
U kishida immun darajasi qancha ekanini bilmaymanu, lekin 10, 20, 30 yillardan keyin u insonga kasallik yuqmaydimi, degan savolga javobni bilishimiz uchun aynan shuncha yil kerak. Negaki oldindan qanchagacha ta’sir qilishini aniq aytib bera olmaymiz.
Q.Sh.: — Vaksina olgan inson 30 yil yashashiga ishonch bormi? Vaksina o‘ldirmaydimi?
N.O.: — Yo‘q, vaksina o‘ldirmaydi. Kasallik yuqtirib olganimizdan so‘ng, antitanachalar paydo bo‘ladi. Hujayrada, antigen, oqsil va virusga qarshi (hammasi bitta) antitanacha hosil bo‘lgani to‘g‘risida gumoral darajada xotira paydo bo‘ladi. Biz vaksina orqali o‘sha xotiraga yana bir bor eslatamiz. Antigenni vaksina orqali organizmga tushiramiz va antitanachalar ishlab chiqarilishiga erishamiz. Siz aytgandek, emlashdan keyin hosil bo‘luvchi immunitet, nechog‘lik turg‘un ekanligini bilmaymiz. Bizga yana vaqt kerak bo‘ladi. Balki abadiy bo‘lar, emlanishga qayta ehtiyoj sezmasmiz, balki gripga qarshi bo‘lganidek, har yili emlanib turishimizga to‘g‘ri kelishi ham mumkin. O‘zbekistonda 13 xil kasallikka qarshi doimiy emlash mavjud. Shol, qoqshol, qizamiq, qizilcha, chechak va hokazo.
Q.Sh.: — Koronavirus ham bu ro‘yxatdan joy olishi mumkinmi?
N.O.: — Balki, shu kasalliklar qatoriga kiritarmiz.
Q.Sh.: — Bugungi kungacha 4 million 300 000 doza vaksina ishlatildi. To‘liq bosqichlarda emlangan fuqarolar soni bor-yo‘g‘i 850 000 dan oshdi. Aslida, koronavirus endi kirib kelgan davrlarda, odamlar shu qadar xavfga tushdi, uyda o‘tirish bizga shu qadar ta’sir qildiki, rivojlangan mamlakatlar tezroq tadqiqotlarini yakunlasa, vaksina paydo bo‘lsayu, biz yana emin-erkin ko‘chaga chiqsak, kasallikdan ozod bo‘lsak, deya umid qilindi. Shuncha vaqt virus bilan kurashdik, yaqinlarimizni yo‘qotdik, kasallik bizga yaqin bo‘lib qoldi. Ayrimlar juda tez tuzalib qolganiga, COVID’ni ko‘pchilik mensimay qo‘ydi. Vaksinalar ishlab chiqarilgach, odamlar u bilan emlanishga qo‘rqyapti. Nima uchun 4 million 300 000 doza vaksina ishlatilgan bo‘lsa ham, bor-yo‘g‘i 850 000 kishi to‘liq emlandi, xolos? Yoki birinchi bosqichda vaksina olganlar to‘liq emlanishdan voz kechishyaptimi?
N.O.: — Raqamlarni juda to‘g‘ri keltirib o‘tdingiz. Ishlatilgan vaksinalar 4 million 300 000 ni tashkil etsa, birinchi bosqichda emlanganlar soni 2 million 600 000 ga yaqin. Ikki emlash bosqichini olganlar bundan kamroq. To‘liq emlanganlar soni 850 000 nafarni tashkil etadi. Agar kimdir vaksinaning 1-dozasini olib, qolgan bosqichda emlanmagan bo‘lsa, shunga yarasha immunitet shakllangan bo‘lishi mumkin. U barqaror bo‘lmasligi mumkinligi tufayli, revaksinatsiya tizimi ishlab chiqildi. Yuqoridagilarga yana bir nechta raqamlarni qo‘shmoqchiman. O‘zbekistonda 3 138 ta emlash punkti bor. 820 dan ziyod emlash brigadalari mavjud. Emlashga jalb qilingan odamlar soni 4045 nafarni tashkil etadi. Rejaga muvofiq, har bir punktga 70 tadan odam to‘g‘ri kelishi ko‘zda tutilgan edi. Hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, emlash punktlarida o‘rtacha 44 ta, brigadalari bilan qo‘shib hisoblansa, bitta emlash punkti va brigadasida 36 nafar odam emlanmoqda. Rejalashtirilgan 79 nafarning yarmi emlanyapti. Agar shu yo‘sin davom etaversak, emlash lozim bo‘lgan qatlamni qamrab ololmaymiz.
Q.Sh.: — Emlanishi lozim bo‘lgan qatlam qaysi?
N.O.: — Biz dastlab, 65 yoshdan yuqorilar, surunkali xastaligi mavjud bo‘lgan fuqarolar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, MTT vakillari, huquqni himoya qilish organi xodimlari, jurnalist va blogerlar emlanishini ko‘zda tutgan edik.
Q.Sh.: — Katta yoshli fuqarolar uchun uyma-uy, yoki tashkilotlarga borib emlash amaliyoti joriy qilinganmi?
N.O.: — Emlash brigadalari poliklinikalar va emlash punktlaridan uzoq masofada joylashgan aholi vakillari uchun tashkil etilgan. Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Toshkent shahri va viloyati, shuningdek Samarqand viloyatida 18 yoshdan yuqori bo‘lganlarni virusga qarshi ixtiyoriy emlash va jarayonni xalqqa yaqinlashtirishda, supermarket va bozorlarda emlash punktlari joriy etilyapti. Shu kabi sharoitlar yaratilgan paytda emlanmaslik – uzoqni ko‘ra olmaslik, nazarimda.
Q.Sh.: — Vaksinalar bepushtlikka olib kelishi mumkinmi?
N.O.: — Birinchidan, insoniyatning irsiyatini shakllantiruvchi genlar, butunlay boshqa. Viruslar bizning immunitetimizdagi genlarimizga mutlaqo teskari narsa. Vaksinaning irsiyat va xotiraga ta’sir qilishi haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Vaksinalar tufayli tromblar hosil bo‘lishi, trombo emboliya tufayli odamlar o‘lyapti, qon quyilishi, infarkt, insult kasalliklarini keltirib chiqarishi haqidagni gaplar urchidi. JSST statistikasiga ko‘ra, tromb bilan bog‘liq patologik kasalliklar bilan 3 million 700 000 dan ziyod odam hayotdan ko‘z yumadi. Tasodif ehtimoli bor-ku, axir.
Q.Sh.: — Vaksina olgan odam tromb, bo‘lishi mumkin, demoqchimisiz?
N.O.: — Teskarisi. Trombga chalinayotgan bemor vaksina olishi mumkin, demoqchiman. Ehtimoli bor-ku. Yuqoridagi ko‘rsatkich juda katta miqdor. Shunday ekan, vaksinalarning kasallik qo‘zg‘atuvchi hususiyati yo‘q.
Q.Sh.: — Qaysi kasallikni kuchaytirishi mumkin?
N.O.: — Begona oqsillarga nisbatan kuchli allergiyasi borligini bilmaydigan bo‘lsa, shunday bo‘lishi mumkin.
Q.Sh.: — Eng og‘ir asoratlari qanday bo‘ladi?
N.O.: — Begona oqsillar tanaga qabul qilinganda, ikki xil holat bo‘lishi mumkin. Asorat va nojo‘ya ta’sir. Holsizlanish, vaksina qilingan joyning og‘rishi, asabiylashish kuzatilishi mumkin. Shuning uchun ham emlangan shaxslar 30 daqiqa davomida punktning o‘zida, 3 kun uy sharoitida kuzatuvda bo‘lmoqda. Ulardan hol-ahvol so‘ralmoqda. Qo‘rquv bilan bog‘liq holatlar ham bor. Hushdan ketish, qon bosimining ko‘tarilishi, asabiylashish, hayajonlanish kabilar kuzatilishi aniq. Chunki biz ongli ravishda emlashga boryapmiz. Ishongan taqdirimizda ham qandaydir qo‘rquv bo‘ladi. Vaksinadan keyin anoflaktik shok bo‘lishi mumkin. Qachonki, tirik viruslar orqali vaksina yaratilsa va haroratni saqlashda xatoga yo‘l qo‘yilsa, ampulaning ichida ular ifloslantirib qo‘yilsa, o‘limga qadar olib kelishi hech gap emas.
Q.Sh.: — Poytaxt Toshkentda ham soatlab elektr o‘chib qolyapti. Nima deb o‘ylaysiz, vaksinalar qanday saqlanyapti ekan?
N.O.: — Birinchidan, nafaqat tashish uchun transport vositalari, balki elektr ta’minotidagi uzilishlar ehtimoldan kelib chiqib, juda katta miqdorda generatorlar xarid qilingan. Shuningdek, alohida terma indikatorlarga asoslangan sovutgichlar, muzlatgichlar, hatto, chiroq o‘chgan paytda ma’lum bir muddat generatorlar yordamida sovuqlik zanjirini ta’minlab bera oladi. Shunday muzlatgichlar borki, 24 soat davomida sovuqlikni ushlab tura oladi.
Emlash tadbirlarini boshlashdan avval bizda vaksinalar saqlanadigan omborlarning hammasiga, albatta, ikki tomonidan elektr ta’minoti bilan ta’minlangan tizim orqali avtomatik ravishda 4 sekundda ishga tushadigan generatorlar o‘rnatilgan. Negaki, vaksinalar osonlikcha olib kelinmayapti. Ularni saqlash, tashish, ishlatish jarayonida ampulasi ochilgan vaksinani 6 soat ichida ishlatishimiz talab etiladi. Aslida vaksinalarning 5 foizigacha qismi isrof bo‘lish ehtimoli bor. Aholining ma’lum qatlami chaqiriladi. Taklif qilinadigan aholi to‘liq keladigan bo‘lsa, qayerdadir isrof 5-6 foizga yetadi. Kimdir kelmay qolsa, foizning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Maksimal isrof darajasini 10 foiz atrofida, deya baholaganmiz. Chunki emlanishga keladigan odam uyida bo‘lmay qolishi, kasalga chalingan bo‘lishi yoki tibbiy holati to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
Q.Sh.: — Emlashdan oldin tekshiruvlar kerakmi?
N.O.: — Emlashdan oldin antitanalar miqdorini aniqlash, qonni suyultirish shart emas. Shuningdek, PSR test topshirib kelish ham majburiy emas. Vaksina ularga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, darajasini oshirmaydi. Aytmoqchi bo‘lganim, emlangandan keyin qon quyilib ketmaydi. Agar salbiy ta’sir etadigan holatlar bo‘lsa ham, ular havotir sababli kelib chiqqan.
Antitanalar miqdorini tekshirishning hojati yo‘q. Biz o‘sha hujayradagi xotiraga vaksina orqali elchi yuborib, yanada kattaroq antitana ishlab chiqarishini va bizning qo‘rg‘onimizni shakllantirib berishini maqsad qilyapmiz. Agar qonni suyultirish zarur bo‘lsa, biz ichayotgan dorilar qonni suyultirishga xizmat qiladi. Ellikdan oshgan, qon bosimi bor odamlarning hammasiga qonni suyultiradigan dorilar tavsiya etiladi. Biz ularni shundoq ham ichib yuribmiz.
Salomatligimizni ehtiyot qilish uchun vaksina bilan emlanishga qo‘rqyapmiz, biroq choyxonaga boryapmiz, sport bilan shug‘ullanmayapmiz. Bu ishlarni qilishda hech kim bilan maslahatlashmaymiz, lekin emlanish uchun borayotgan paytda, xuddi, emlanishimiz bilan qon quyilib ketadigandek o‘ylaymiz. Aslida bizning qonimizni quyultirayotgan, qon bosimini oshirayotgan narsa kamharakatlik, choyxonalarga borish, sog‘lom turmush tarziga rioya etmaslik hisoblanadi. Qarang, qanday paradokslar mavjud.
Bizga xos bo‘lmagan ayrim illatlar u yoki bu patologiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘lyapti. Sinchkov odam – emlashdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tadigan odam.
Emlash jarayonlarida punktda shifokor bo‘ladi. U har bitta shaxs bilan gaplashib tushuntirishlar beradi.
Q.Sh.: — Shifokorlar bunga layoqatlimi?
N.O.: — Shifokorlar bunga layoqatli va, albatta, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan biz respublika bo‘yicha besh mingga yaqin shifokorlarni tayyorlaganmiz.
Q,Sh.: — Hurmatli, Nurmat Otabekov, yana bitta paradoks bor: vaksina kimga mumkin emas, deyilganida surunkali kasallik borlar, degan gaplar aytiladi. Doimiy boshi og‘rib turadigan aksariyat insonlar ham, o‘zining surunkali kasalligi bor deb o‘ylaydi. Ikki yo‘lning birini tanlashimiz kerak. Ba’zilar kasallikni farqlay olishmaydi.
N.O.: — Odamzodning baxti – koronavirus kasalligi juda og‘ir kechmayotganida. 85 foiz holatda yengil, 10 foiz holatda o‘rta og‘irlikda, 5% og‘ir holatda o‘tyapti. Uch foizi o‘lim bilan tugayapti. Bir qarashda unchalik katta fojiaga o‘xshamaydi. Biroq kimdadir yengil, kimdadir og‘ir holatda o‘tadi.
Og‘ir o‘tishi mumkin bo‘lgan odamlarning surunkali kasalliklari yoki kasallikning asoratlariga sabab bo‘luvchi holatlar mavjud bo‘ladi. Ularda doimiy ravishda qon bosimi, nafas olish tizimidagi xastaliklar bilan kasallangan bo‘lishi mumkin. Surunkali buyrak va jigar yetishmovchiligi bilan bog‘liq bemorlar bo‘lsa, organizmlar virus bilan kurasha olmaydi.
Shu nuqtayi nazardan tanlagan yo‘limiz shunday bo‘lishi kerak: bizga emlanib, kasallikdan bebahra qolganimiz yaxshimi yoki kasallanib, keyin sog‘ayganimiz? Kasallanish jarayoni qancha-qancha odamlarning yostig‘ini quritdi. Ba’zi xonadonlarda 4-5 talab odamlar halok bo‘ldi. Ularning kasallanish statistikasini to‘liq yuritmagan bo‘lishimiz mumkin. Ko‘p odamlar, hatto, tashxis qo‘yishga ulgurmasdan hayotdan ko‘z yumdi-ku!
Biz nega bunday sinovni istayapmiz. Mening nazarimda, vaksinalar orqali himoyalanishimiz mumkinligini anglab yetishimiz kerak. 60-70 foiz aholi vakillarida jamoaviy immunitet hosil bo‘lmas ekan, kasallik chiqib ketmaydi.
Q.Sh.: — Oramizda “Janob Otabekov, karonavirusga qarshi emlanganimdan keyin ham kasallikka chalindim-ku, deydiganlar topiladi.
N.O.: — Odamlar emlanmasligiga sabab vaksinaning birinchidan, tekin, ikkinchidan, ixtiyoriy ekanligi, vaksinalar yaratilishi uchun kamroq vaqt sarf qilinganligi. Deylik, 1957 yilda shol kasalligiga qarshi vaksina yaratilgan paytda, olamshumul yangilik sifatida qabul qilingan. 13 turdagi kasallikka qarshi doimiy vaksinalar mavjud bo‘lib, ularning dastlabki namunalari tayyorlanishi uchun bir kecha o‘n yillab vaqt sarflangan. Endi esa vaksina yaratish uchun rivojlangan tibbiyot va biotexnikalar yordamida kamroq vaqt kerak bo‘ldi.
Bundan ming yillar avval Ibn Sino bobomiz yuqumli kasalliklar ko‘zga ko‘rinmas zarrachalar chaqiradi deganini 600-700 yil davomida G‘arb davlatlari kitob sifatida o‘qidi. Levenguk mikroskopni ixtiro qilgunicha, u shunchaki mavhum narsa bo‘lsa ham, o‘qildi va idrok etildi, qabul qilindi. Zamonaviy tibbiyot viruslarni ko‘rish, uning bir qismini kesib olish va boshqa bir virusga ulash imkoniyatiga ham ega. Shuning uchun vaksina nisbatan tezroq yaratildi. Oldingdan oqqan suvni qadri yo‘q, naqli ish beryapti. Biz avvallari tibbiyot xodimlariga quloq tutardik. Hozirda bizga aql o‘rgatadiganlar ko‘payib ketdi. Shunday toifadagi shaxslar bor ekanki, yolg‘on va shov-shuvli xabarlarni tarqatib, huzur qilar ekan. Balki, ular o‘zlari emlanib olayotgan bo‘lishlari va boshqalarning kasalga chalinishi huzur bag‘ishlashi mumkin.
Q.Sh.: — Odamlarning emlanmayotgani sababi faqatgina uning qisqa vaqtda yaratilgani, tekinligi bilan bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. Chunki ular bilan bog‘liq, jiddiy va xavotirli holatlar aytilyapti. Biz jamoatchilik bilan ko‘proq muloqotda bo‘lganimiz uchun bunday gaplarni juda ko‘p eshityapmiz. Ko‘pincha rad javobi vaksina chiqarilayotgan mamlakat yoki uning mualliflari bilan bog‘lanishi mumkin. Buyuk Britaniyada yaratilgan vaksina odamlarda xavotir uyg‘otgan bo‘lsa, hozir xitoyniki bilan shunday vaziyat sodir bo‘lmoqda.
“Sputnik” vaksinasiga talab yuqori, lekin faqat amaldorlargina u bilan emlanadimi, degan savollar kelib chiqmoqda. Biz ijtimoiy tarmoqlarda o‘qiyotganimizdek, vaksina alsgeymer kasalligiga, xotiraning susayishi va bo‘g‘imlardagi og‘riqlarga, umrning qisqarishiga, yashash potensiali pasayishi va jismoniy zaiflashuvga, shuningdek erkak va ayollarda bepushtlikka olib kelishi qanchalik haqiqat?
N.O.: — Kuniga yangi jihatlari “topilyapti”, sanab tugata olmayapman. Dunyoda o‘rtacha, 10 dan 20 gacha kasalliklarga qarshi rejali emlash amalga oshiriladi. O‘zbekistonda bu raqam 13 tani tashkil etadi. Amaliyotga oxirgi kirib kelgan vaksina bilan o‘smir qizlar bachadon saratoniga qarshi emlanadi. Bu orqali onkologik kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumishning oldi olinadi. Rejali emlash yiliga 4 millionga yaqin odamning hayotini saqlab qoladi. Agar emlash amalga oshirilmasa, shuncha inson hayotdan ko‘z yumishi mumkin edi. Hozirgi vaksinalarning aksariyati epidemiologik vaziyatni ta’minlab beradi.
Entroviruslar haqida eshitganmisiz? Agar eshitmagan bo‘lsangiz, bu bolalarning ichagida kasallik chaqiradigan viruslardir. Har yili, ichketar kasalligidan vafot etish ko‘payib ketgan bo‘lardi. Vaksinalar bolalarning 30 foizini o‘limdan saqlab qoladi. Gepatit B ga qarshi emlash 20 yildan beri amalga oshiriladi. So‘nggi yillarda bu kasallik deyarli qayd etilmayapti. 20 yoshgacha bolalar orasida sirroz, assit, saraton va jigar bilan bog‘liq kasalliklar yo‘q. Bu emlashning samarasi.
Q.Sh.: — Avvallari bormidi?
N.O.: — Albatta, ilgari, virusli gepatit B ga qarshi emlash amaliyoti bo‘lmaganida yiliga 100 minglab yangi kasalliklar ro‘yxatga olinardi. Hozir yo‘q bo‘lsa ham Sariq kasal bilan kasallangan va dispanser hisobida turadigan 2 millionga yaqin odam bor. Virusli gepatit sabab nogiron bo‘lib qolganlar kam emas. O‘zbekistonda hozir ishlatilayotgan 3 turdagi vaksinalar rekombenant hisoblanadi. Vaksinalar 4 xil usul bilan tayyorlanadi: tirik mikroorganizmlar, faolligi kamaytirilgan mikroorganizmlar, o‘ldirilgan mikroorganizmlar, gen modifikatsiyalangan (rekombenant) usul. Biz 20 yildan beri rekombenant vaksinadan foydalanamiz.
Har bitta emlash punkti o‘zining hududidagi poliklinika bilan bog‘langan, har birining o‘rtasida transport vositalari qatnovi yo‘lga qo‘yilgan, alohida termosumkalar vaksinalarni sifatli yetkazib berish maqsadida tashkil qilingan. Mabodo emlanuvchilar ko‘p bo‘lsa, har bitta holatda izlanuvchilar yagona elektron bazaga kiritiladi va har birining pasport ma’lumotlari to‘ldirib boriladi. Birinchi marta vaksinani supermarketda qabul qilgan bo‘lsa, ikkinchisini hududidagi poliklinikada yoki boshqa muassasada olishi mumkin. Familiya va ismini yozgan zahoti o‘sha insonning shaxsiy ma’lumotlar bazasi kelib chiqadi. Birinchi emlash kursini qachon olgani, emlashdan keyin qanday asoratlar kuzatilgani, barcha-barchasi bazaga kiritilgan bo‘ladi. Ikki yoki uch marotaba to‘liq emlash kursini olib bo‘lganidan so‘ng, ana shu bazadagi ma’lumotlar asosida uning emlanganligi to‘g‘risida sertifikat beriladi. Bu jarayon har tomonlama tayyorgarlikdan o‘tgan, nazoratga olingan va yagona elektron tizim sifatida joriy qilingan.
Q.Sh.: — Tabib – tabib emas, boshidan o‘tkazgan tabib, deydi xalqimiz. O‘zim ham aynan bir yil avval, iyul oyida, siz kabi karonavirusga chalinganman. Qaysi shtamm bilan kasallanganim haqida aniq ma’lumot yo‘q. Lekin shifoxonada ham davolandim. Menda 25 foizlik pnevmoniya holati kuzatildi. Oilamizda boshqalar ham kasallandi va o‘z xohishim bilan vaksina olish ehtiyoji tug‘ildi.
Vaksina olish niyatida o‘z hududimizdagi shifokorlar bilan maslahatlashdim va eng avvalo PSR va antitanachalar mavjud yoki yo‘qligini aniqlash uchun testlar topshirishimni maslahat berishdi. Natijalari bilan hozir tanishdim. Hammasi joyida. Shuning uchun siz ham vaksina olishim kerakligi haqidagi taklifni berdingiz. Holbuki, qon tarkibida antitanachalar va virus mavjudligini bilmasdan ko‘r-ko‘rona vaksinatsiya qilinishi, yoki ularga test topshirishni maslahat berayotgan shifokorlarga bir qancha savollar kelib chiqishi, tabiiy. Chunki, ikkita test topshirish uchun 500 000 so‘mga yaqin harajat qildim. Qolganlarda ham shunday bo‘lishi mumkin-ku.
N.O.: — Yaxshi savol, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dastlabki vaksinani favqulodda holatlarda qo‘llash mumkin, deya tavsiya berayotgan bir paytda, odamlar vaksinani ishlab chiqarayotgan tashkilotlarning qaysi aholi qatlami emlanishi mumkin emas, degan fikri bilan qiziqadi. Shu paytgacha kimlarni emlash mumkin bo‘lmagan: 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni, homilador va emizikli ayollar, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar, auto immun, ya’ni o‘zining ichki a’zolariga qarshi o‘zi kurashadigan kasallik egalari, allergik reaksiyasi bor bemorlar va bunday paytda kasallikka chalingan odamlar hamda ular bilan muloqotda bo‘lganlarni emlash tavsiya etilmaydi. Mana, endi keyingi paytlarda chop etilayotgan maqolalarda OIV infeksiyasiga chalinganlarni koronavirusga qarshi emlash mumkinligi haqida asoslovchi xabarlar tarqaldi.
Aholining bu qatlamini emlash mumkin emasligining sababi, ularda bir moneylik bo‘lganligi uchun emas, aynan vaksinalarning klinik sinovini o‘tkazish jarayonida sinalmagan, tasdig‘ini topmagani va ularga aks ta’sir qilishi ehtimoli bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumotlar bo‘lmagani tufayli ularni emlashdan tiyib turaylik, degan fikrlar ilgari surilgan. Endilikda ishonchim komilki, kunlar kelib bu vaksina bilan nafaqat emizikli balki homilador ayollarni ham emlash mumkin bo‘ladi. Buning uchun bizga asoslovchi hujjatlar va aynan shu maqsadda o‘tkazilgan tadqiqotlarga yetmayapti, xolos. Emlanishi mumkin bo‘lmagan aholi qatlamlarini keltirib o‘tdik. Emlanish uchun esa, mana shu toifalarga kirmaslikning o‘zi yetarli va har qanday holatda vaksina olish mumkin.
Q.Sh.: — Qayta kasallanish ortib borayotgan ekan... Shuningdek, vaksina olib kasallikka chalinganlar ham yo‘q emas.
N.O.: — Eshitdim, lekin statistik raqamlarga asoslanib javob beraman. Aprel oyida davomida O‘zbekistonda 7000 ta kasallik qayd etilgan, ularning yigirma yettitasi qaytadan kasallangan. Demak, yana virusga chalinish ehtimoli bor ekanda?! Ba’zi bir odamlar o‘zlariga o‘zlari tashxis qo‘yib olyaptilar. Virus bilan besh marotaba kasallandim, deydiganlar bor. Bu vaziyatda besh marta ta’m bilmay qolganini sabab qilib ko‘rsatadi. Yoki virusga chalinganlar bilan aloqada bo‘lganini va uyida ehtiyot choralari ko‘rganini aytadi. Qayta kasallanish ehtimoli bor, albatta.
Seronegativlik virusdan tuzalgan yoki vaksina bilan emlangan fuqarolarning 0,04 foizini tashkil etadi ya’ni har 1000 nafar fuqaroning 4 nafari shu toifaga kiradi. Ularda immunitet hosil bo‘lmaydi.
Ikkinchi tomondan, kecha emlanib, bugun yana kasal bo‘layotganlar bor. Emlanish tushunchasi shuki, vaksinatsiya jarayonining oxirgi bosqichidan 1,5-2 oy yoki 4 oy o‘tganidan so‘ng, to‘liq immunitet hosil bo‘ladi. Agar bugun emlanib, ertaga kasal odam bilan muloqotda bo‘lsam, albatta, virus yuqtirishim, tabiiy. Bir marta emlanish kafolat, degani emas.
Hozirgacha to‘liq emlangan 850 ming insonlarda qayta kasallanganlar bo‘lmadi. Bo‘lsa ham 1000 tadan 4 ta holatda bo‘lishi mumkin, agar u seronegativ aholi qatlamiga kirsa.
Q.Sh.: — Nurmat aka, dunyoda, albatta, har bir soha qaysidir ma’noda korrupsiyalashgan, lobbizmlashgan yoki biznesga aylangan. Jumladan sog‘liqni saqlash va tibbiyot tizimi ham nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda shu ro‘yxatga kiritiladi. Bugun vaksinaning odamlar orasiga bosim bilan kirishi hisobiga sun’iy kasallik ko‘payishi kuzatilmayaptimi? Yana aynan kuz yoki qishda emas, balki iyul oyida, vaksinalarni sotish va sotib olish uchun, ularni mamlakatga olib kirayotgan odamlarning cho‘ntagini qappaytirish, dori biznesi, tibbiyotdagi lobbizm va biznesning tagiga suv purkash uchun emasmi?
N.O.: — Dunyoda uch milliarddan ko‘proq odam emlandi. Aholi soni juda kam davlatlar bor. Masalan Skandinaviya mamlakatlarida aholi soni kam hayot tarzi esa, juda yuqori. Odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi ham yuqori darajada. Ular uchun yashashdan boshqa gasht yo‘q. Lekin o‘sha davlatlarning aholisi ham emlanyapti-ku. Agar aholining ko‘pligi sababli aholini qirish va kamaytirish uchun qilingan harakat, deya yomonroq faraz qiladigan bo‘lsak ham, ularda bunga ehtiyoj yo‘q. Hatto, shu darajadaki, o‘z xalqi qolib boshqa bir xalqlarning muammolarni yechish uchun pullarni sarflayotgan davlatlar bor. Tibbiyot – tabiiyki, doim biznes bo‘lgan. Hozir vaksinani qoralash dorilari sotilishi uchun farmatsevtik kompaniyalarning harakati mahsuli bo‘lishi mumkin.
Agar vaksina o‘ldirganida 3 milliard odamdan ajralgan bo‘lardik. Isroil 85 foiz aholisini emladi.
Dunyo davlatlari emlash ko‘rsatkichi bo‘yicha ancha yuqorida. O‘zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatida 300 000 doza vaksinasi bilan qariyb 80 o‘rinda qayd etilyapti. Ko‘rinib turibdiki, vaksinatsiyaga, deyarli e’tibor bermayapmiz. Jabr ko‘rishi mumkin bo‘lganida yoki qandaydir salbiy ta’siri bo‘lganida, dunyo hamjamiyati tasdiqlamas edi.
Q.Sh.: — Qandli diabet va boshqa turdosh kasalliklarga chalinganlar vaksina olishi mumkinmi? Bizda qand kasalligi bilan chalingan va buyragi olib tashlangan bemorlar ko‘p ekan. Ularga tavsiya etiladimi?
N.O.: — Qand kasalligi bilan chalingan odamlarda qon quyilish ehtimoli yuqori. Mayda qon tomirlarining yopilib qolishi kuzatilishi mumkin. Ular koronavirusga chalinsa, saqlab qolish ehtimoli kamroq. Bunday kasalligi bor odamlar xavf osti guruhiga mansub, deb topilgan. Qandli diabetga chalingan bemorlarning emlanishi ularni ham virusdan saqlash demakdir.
Q.Sh.: — Hindiston vaksinasi qanchalik xavfli? Ko‘p davlatlar undan voz kechmoqda.
N.O.: — Ko‘pchilik JSST vaksinalarni ro‘yxatdan o‘tkazganmi, degan savol bilan murojaat qiladi. U bunday tashkilot emas. JSST u yoki bu vaksinalar haqidagi taqdim etilgan ma’lumotlarni o‘rganish orqali favqulodda holatlarda ishlatishga ruxsat beradi. Tashkilot Hindiston va Britaniya vaksinasiga ham ushbu huquqni bergan. O‘zbekiston-Xitoy vaksinasi ham xuddi shunday. Xitoyda bu vaksina bilan 100 milliondan ko‘proq aholi emlangan. Hindiston bilan bog‘liq qarama-qarshilik shuki, farmatsevtika sohasida immunobiologik preparatlar tayyorlashda Hindiston dunyoda 4-o‘rinni egallaydi. Sifat nuqtayi nazaridan ham shunday. Hindiston o‘z vaksinalarini, tekinga yetkazib beryapti. O‘zbekiston ehtiyojining 20 foizini qondirish uchun ularga buyurtma berilgan. Xitoy va Hindiston vaksinalariga ko‘proq ishonish tarafdoriman. Bu davlatlar milliardlab aholisini saqlab kelyapti.
Q.Sh.: — Birinchi marta O‘zbekiston, ikkinchi marta Hindiston vaksinasi bilan emlangan fuqarolar mavjud ekan. Hammasi kompyuterlashtirilgan bo‘lsa ham, shunday holat bo‘lishi mumkinmi?
N.O.: — Qaysi vaksina bilan emlanish boshlansa, shu bilan davom ettirilishi kerak.
Q.Sh.: — Bu shifokorlarning talabimi yoki ehtiyojga qarabmi?
N.O.: — Tabiiy sur’atda shunday amaliyot ishlab chiqilgan. Birinchi marta emlangani haqidagi ma’lumot, elektron ro‘yxatda turadi. Agar bunday holat sodir bo‘lgan bo‘lsa, bu xato amaliyot hisoblanadi. Agar ikkinchi bosqichda vaksina tugagan bo‘lsa, yaxshisi kutib turgan ma’qul.
Q.Sh.: — Vaksinalash sohasida olib borilayotgan ishlar kun kelib, qaysi natijaga yetib boradi? Vaksina olmagan fuqarolarga, keyinchalik cheklovlar qo‘yiladimi, masalan xorijga chiqa olmaslik?
N.O.: — Emlanganlik to‘g‘risifagi guvohnoma xalqaro munosabatlarga kiritilgani yo‘q. Bu qabul qiluvchi davlatning ixtiyori. O‘zbekistondan chiqish uchun vaksina to‘g‘risida sertifikat so‘ralmasa ham, qabul qiluvchi davlat talab qilishi mumkin. Yoki teskarisi. O‘zbekiston bu borada bir nechta davlatlar bilan shartnomalar imzolamoqda, vaqti kelib bizdagi sertifikat xorijda, tan olinadi.
Q.Sh.: — Hayotimizga yangi atama — COVID-pasport termini kirib kelmoqda. Xorijiy mamlakatga ketishdan avval taklif qilgan tomon COVID-pasportimiz bor-yo‘qligini so‘radi. Demak, xalqaro hamjamiyatda bunday amaliyot ham paydo bo‘lmoqda. O‘zimizda ham vaksina olgan talabalar uchun kontrakt to‘lovida 10 foizlik chegirma berilyapti. Bu o‘tmagan molni o‘tkazishning yo‘limi?
N.O: — Toshkentda 8 tonnalik osh damlangan paytda, odamlar, bir umr osh ko‘rmagandek, qozonning ichiga tushib ketishiga oz qoldi. Nazarimda, buning teskarisi bo‘lishi kerak. Xojiboy Tojiboyev aytganidek, sumalakni yaratgan odamga Nobel mukofotini berish emas, Nobelga sumalak berish kerak. Aytmoqchimanki, davlat tomonidan bepul tashkil qilingan vaksinatsiya jarayonlari faol tarzda o‘tishi kerak.
Q.Sh.: — Emlashni majburiy qilish kerak, degan gaplar urchib qolgan. Bu haqda siz ham ko‘p gapiryapsiz...
N.O.: — Bu ishni mart oyida qilishimiz kerak edi. Majburiylik emas, emlash tadbirlari boshlanishidan avval, targ‘ibotni boshlashimiz kerak edi. Davlat amaldorlari ham emlanyapti. O‘zbekistondan xorijga borib emlanib kelayotgan odamlar ham ko‘p. Targ‘ibot avvalroq boshlanganida, millionlab insonlarni emlab bo‘lardik. Odamlar kasallikdan qo‘rqmay qo‘ydi.
Q.Sh.: — Amaldorlar vaksina olganlarini yashirishdi. Balki savollar yomg‘irida qolishdan o‘zlarini olib qochgandirlar.
N.O.: — Asossiz fikrlarni odamlar orasida aylanishiga qarshilik qilmadik, harakat sust bo‘ldi. O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalar dozasi 7,5 milliondan ko‘proq. Jamoa va emlash punktlari bor. Biz 18 yoshdan katta fuqarolarning emlanishga ishtiyoqini ko‘rishimiz kerak. Amaldorlar emlanganlarini ko‘z-ko‘z qilishdan istihola qilgan bo‘lishlari mumkin. Men emlanganimdan 15 kun o‘tibgina bu haqida e’lon qilganimga afsus qilaman. Ikkinchisida rasmi bilan e’lon qildim. Mening emlanganim, qiziq emasdir, lekin virusga qarshi kurash olib borgan komissiyaning a’zosi sifatida emlanganimning dastlabki kuniyoq e’lon qilganimda, raqamlar bugungidan ko‘proq bo‘lishi mumkin edi.
Q.Sh.: — Emlash majburiy bo‘lishi mumkinmi?
N.O.: — Majburiylik ehtimoli bor. Menga qo‘yib bersa, ertadanoq majburiy qilgan bo‘lardim. Chunki, men emlangach, o‘zim va boshqalarga virus yuqishining oldini oldim. Karantin cheklovlari unutildi, vaksina olishdan boshqa choramiz yo‘q. Hukumatimiz bu masalaga ongli ravishda yondashyapti.
Q.Sh.: — Aholining qancha qismi emlansa virusdan qutilamiz?
N.O.: — Agar kasallanganlarning norasmiy soni 500 ming deb olsak, 60-70 foiz fuqarolar emlansa, ko‘nglimizni xotirjam qilsak bo‘ladi. 15 foiz odam kasallanib, immunitet hosil qilgan bo‘lsa, qolgan 60 foiziga vaksina orqalii immunitet berishimiz kerak.
Q.Sh.: — Emlashni majburiy qilgan da
N.O.: — Majburiylik ehtimoli bor. Menga qo‘yib bersa, ertadanoq majburiy qilgan bo‘lardim. Chunki, men emlangach, o‘zim va boshqalarga virus yuqishining oldini oldim. Karantin cheklovlari unutildi, vaksina olishdan boshqa choramiz yo‘q. Hukumatimiz bu masalaga ongli ravishda yondashyapti.
Q.Sh.: — Aholining qancha qismi emlansa virusdan qutilamiz?
N.O.: — Agar kasallanganlarning norasmiy soni 500 ming deb olsak, 60-70 foiz fuqarolar emlansa, ko‘nglimizni xotirjam qilsak bo‘ladi. 15 foiz odam kasallanib, immunitet hosil qilgan bo‘lsa, qolgan 60 foiziga vaksina orqalii immunitet berishimiz kerak.
Q.Sh.: — Emlashni majburiy qilgan davlatlarning barchasida ham vaziyat yaxshi emas. Masalan Saudiya Arabistoni, Rossiya yoki qo‘shni Tojikiston va Turkmanistonda majburiy emlash jarayonlari ketmoqda. Odamlar qochib yurishibdi. O‘zbekistonda ham shunday holat kuzatilmasligiga kafolat yo‘q.
N.O.: — Chumchuqdan qo‘rqadigan bo‘lsak, tariq ekmasligimiz kerak. To‘g‘ri rezonans sezilmayapti, biroq majburlashning ham usullari ko‘p.
Q.Sh.: — Har holda ovqatga qo‘shib berish darajasiga borilmasa kerak…
N.O.: — Yo‘q, albatta.
Q.Sh.: — Nurmat Otabekovga ishonamiz, ko‘p muloqotda bo‘lganmiz, kasallikni og‘ir o‘tkazdingiz, vaksina oldingiz. Sizgaku ishonarmiz. Lekin ko‘ylakning ustidan emlayotganlarga qanday ishonaylik?
N.O.: — O‘g‘lim telefonida meni suratga olib: “Dada, sizni qaritib ko‘rsataymi”, deb qoldi.
Q.Sh.: — Tarqagan rasmlar fotoshop demoqchimisiz?
N.O.: — Hozirgi imkoniyatlardan kelib chiqib, odamlar orasida vahimalar ko‘tarish uchun qilingan ishdir. Emlanayotgan va rasmga olganlar buning odamlarga qanday ta’sir qilishini o‘ylashmagan. Bu kimningdir ahmoqona o‘yini. Yolg‘on baribir bir kun fosh bo‘ladi. Ochig‘ini aytsam, men maykada bo‘lganim uchun birinchi marta emlangan suratimni e’lon qilolmadim. Bir-ikkita odamlar bizga ob-havo bo‘lolmaydi.
Q.Sh.: — Respublika maxsus komissiyasi a’zosisiz. Mahalliy davlat organlarida emlash uchun majburiyat yo‘qmi? Balki shuning uchun yuqoridagi holatlar sodir bo‘layotgandir.
N.O.: — Kasallikni yengish uchun emlanish kerak. Shu paytga qadar emlashga majburan olib kelingan odam haqida eshitmadim va ko‘rmadim.
N.O.: — Majburiylik ehtimoli bor. Menga qo‘yib bersa, ertadanoq majburiy qilgan bo‘lardim. Chunki, men emlangach, o‘zim va boshqalarga virus yuqishining oldini oldim. Karantin cheklovlari unutildi, vaksina olishdan boshqa choramiz yo‘q. Hukumatimiz bu masalaga ongli ravishda yondashyapti.
Q.Sh.: — Aholining qancha qismi emlansa virusdan qutilamiz?
N.O.: — Agar kasallanganlarning norasmiy soni 500 ming deb olsak, 60-70 foiz fuqarolar emlansa, ko‘nglimizni xotirjam qilsak bo‘ladi. 15 foiz odam kasallanib, immunitet hosil qilgan bo‘lsa, qolgan 60 foiziga vaksina orqalii immunitet berishimiz kerak.
Q.Sh.: — Emlashni majburiy qilgan davlatlarning barchasida ham vaziyat yaxshi emas. Masalan Saudiya Arabistoni, Rossiya yoki qo‘shni Tojikiston va Turkmanistonda majburiy emlash jarayonlari ketmoqda. Odamlar qochib yurishibdi. O‘zbekistonda ham shunday holat kuzatilmasligiga kafolat yo‘q.
N.O.: — Chumchuqdan qo‘rqadigan bo‘lsak, tariq ekmasligimiz kerak. To‘g‘ri rezonans sezilmayapti, biroq majburlashning ham usullari ko‘p.
Q.Sh.: — Har holda ovqatga qo‘shib berish darajasiga borilmasa kerak…
N.O.: — Yo‘q, albatta.
Q .Sh.:— Nurmat Otabekovga ishonamiz, ko‘p muloqotda bo‘lganmiz, kasallikni og‘ir o‘tkazdingiz, vaksina oldingiz. Sizgaku ishonarmiz. Lekin ko‘ylakning ustidan emlayotganlarga qanday ishonaylik?
N.O.: — O‘g‘lim telefonida meni suratga olib: “Dada, sizni qaritib ko‘rsataymi”, deb qoldi.
Q.Sh.: — Tarqagan rasmlar fotoshop demoqchimisiz?
N.O.: — Hozirgi imkoniyatlardan kelib chiqib, odamlar orasida vahimalar ko‘tarish uchun qilingan ishdir. Emlanayotgan va rasmga olganlar buning odamlarga qanday ta’sir qilishini o‘ylashmagan. Bu kimningdir ahmoqona o‘yini. Yolg‘on baribir bir kun fosh bo‘ladi. Ochig‘ini aytsam, men maykada bo‘lganim uchun birinchi marta emlangan suratimni e’lon qilolmadim. Bir-ikkita odamlar bizga ob-havo bo‘lolmaydi.
Q.Sh.: — Respublika maxsus komissiyasi a’zosisiz. Mahalliy davlat organlarida emlash uchun majburiyat yo‘qmi? Balki shuning uchun yuqoridagi holatlar sodir bo‘layotgandir.
N.O.: — Kasallikni yengish uchun emlanish kerak. Shu paytga qadar emlashga majburan olib kelingan odam haqida eshitmadim va ko‘rmadim.
LiveBarchasi