Tezkor: Bosh prokuratura mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda Bosh prokuraturaning yana bir xodimi poraxo‘rlikda ayblanib, qamoqqa olindi. U 3 ming AQSH dollari pora olganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Bosh prokuraturaning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan Sh.V. qarindoshi Sh.N. orqali uning tanishi A.K.ning ishonchiga kirib, unga nisbatan Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishini tanishlari orqali tugatib berishni va’da berib, 27 noyabr kuni fuqaro A.K.dan 3.000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan 7 dekabr kuni Sh.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik), 28, 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) hamda Sh.N.ga Jinoyat kodeksining 212-moddasi 1-qismi (Pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Gumonlanuvchi Sh.V. protsessual tartibda ushlangan.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, korrupsion harakatlarga qarshi kurash ishlari davom ettirilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 dekabr kuni Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan A.T. o‘ziga tanish bo‘lgan qurilish korxonasi rahbari D.A.dan 29 ming AQSH dollari pora olayotganda qo‘lga tushgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Bosh prokuratura

Baholaganlar

846

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing