“Tez yordam” mashinasi o‘tib ketishiga xalaqit berish uchun jarima oshiriladi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1285-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalar muhokamasi portaliga joylashtirildi. Unga ko‘ra, to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan mashinalarning o‘tib ketishiga xalal berish bo‘yicha huquqbuzarlik uchun jarima miqdori oshirilmoqda. 

Qonun loyihasida yozilishicha, ushbu modda birinchi qismining sanksiyasidagi “besh” degan so‘z “o‘n” degan so‘z bilan almashtiriladi.

1285-moddaning birinchi qismiga muvofiq: “Transport vositalari haydovchilarining to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit berishi – eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.

Ushbu huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish – eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tez yordam

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing