Tez yordamni yolg‘ondan chaqirganlar jarimaga tortilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmatini yolg‘ondan chaqirganlik uchun jarima belgilanishi taklif etildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2024−2026 yillarga mo‘ljallangan byudjetnomasida aytib o‘tilgan.  

Unga ko‘ra, yolg‘on murojaat qilgan shaxs xizmatning bir martalik chaqiruv xarajati – 178 ming so‘m miqdorida jarimaga tortiladi. 

Shuningdek, hujjatda surunkali va doimiy tez tibbiy yordam chaqiruvlariga cheklov belgilash ham taklif etilgan. 

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ko‘ra, amaldagi belgilangan jarimaga qaramay, ularni qo‘llash tartibi bo‘yicha nizom mavjud emas. Shu sababli tez tibbiy yordamga bir necha bor yolg‘on chaqiruvlar qilayotganlarni jarimaga tortish tartibini aniqlashtirish taklif etilmoqda. 

Ma’lumot uchun, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda maxsus xizmatlarni, jumladan, ichki ishlar organi, yong‘inga qarshi xizmat, tibbiy tez yordamni qasddan aldab chaqirish uchun BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (330 ming so‘mdan 990 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tez yordam eng ko‘p aldanadigan viloyatlar e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima Tez yordam cheklov yolg'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing