Tez yordam eng ko‘p aldanadigan viloyatlar e’lon qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston bo‘ylab “103” tez tibbiy yordam xizmatiga jami 893 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushgan. Shundan eng ko‘p ko‘rsatkich, 189 ta Toshkent viloyatida qayd etilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, keyingi o‘rindan 154 ta chaqiriq bilan Farg‘ona viloyati joy olgan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan 114 ta, Toshkent shahridan 96 ta hamda Navoiy viloyatidan 84 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.

Eng kam yolg‘on chaqiriq esa o‘tgan uch oyda Samarqand viloyatida ro‘yxatga olingan (2 ta). 

“Ba’zan “103”ga qo‘ng‘iroq qilib, bemorni boshqa mashinada kasalxonaga olib ketish holatlari uchraydi. Bundan tashqari, chaqiruv manzilini noto‘g‘ri berish, ustiga-ustak, “tez yordam” yetib borganida, eshikni ochmaslik, telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermaslik kabi noxush vaziyatlar ham takrorlanib turadi”, deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali direktori Ilhom Aslanov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “103”ga murojaat qilib, tibbiyot brigadasi aytilgan manzilga yetib kelganida, chaqiriqni rad etish holatlari ham bo‘lib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Tez yordam yolg'on chaqiriq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing