Tez tibbiy yordam xodimlari uchun maxsus xizmat formasini joriy etish taklif etildi

Jamiyat

image

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Tez tibbiy yordam xodimlari uchun maxsus xizmat formasini joriy etish haqida”gi petitsiya e’lon qilindi.

Murojaatda qayd etilishicha unga bo‘lgan talabni quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:

birinchidan, ishlash uchun qulaylik va samaradorlik yaratish uchun (tez yordam xodimlari doimiy turli xil sharoitlarda ishlashlariga to‘g‘ri keladi;

ikkinchidan, bu forma xodimga imtiyoz bersinki, tibbiyot xodimiga bo‘layotgan tajovuzlar kamayadi;

uchinchidan, rivojlangan davlatlarning barchasi bunday formalardan tez tibbiy yordamda foydalanish tajribasi mavjud. Chunki ko‘plab davlatlarda tez tibbiy yordam xodimlarining xizmat formasi turli yuqumli kasalliklardan saqlanish imkoniyatini ham berishi kerak;

to‘rtinchidan, yupqa oq xalat tez tibbiy yordam xodimi uchun noqulay forma deb hisoblanadi.

“Tez tibbiy yordam xodimlari (vrach, feldsher kabi) uchun maxsus yagona xizmat formasini joriy etishni taklif etaman. Ushbu taklifning amalga oshirilishi sog‘liqni saqlash sohasi imidjini yanada oshirib, tez tibbiy yordam xodimlariga bo‘layotgan zo‘ravonliklarni kamaytirishga va ularni turli yuqumli kasalliklardan saqlashga imkoniyat yaratadi”, deyiladi petitsiyada.


Maqola muallifi

Teglar

petitsiya Tez tibbiy yordam

Baholaganlar

67

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing