Tez orada yo‘q bo‘lib ketadigan kasblar e’lon qilindi 

Bu qiziq

image

Shvetsiya Mehnat bozorini baholash va ta’lim siyosati instituti tadqiqot olib bordi va tez orada sun’iy intellekt bilan almashtiriladigan bir necha o‘nlab kasblarni aniqladi. Bu haqda “Dagens Nyheter” yozmoqda. 

Nashrning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt texnologiyasi asta-sekin tobora ko‘proq funksiyalarni bajara boshlaydi, bu esa kelajakda jamiyatning turli faoliyat sohalarida ish haqi bo‘yicha tabaqalanishiga olib keladi. 

“Shunisi e’tiborga loyiqki, texnologiya nafaqat malakasiz xodimlarni, balki ba’zi shifokorlarni, masalan, rentgenologlarni ham almashtira oladi”, degan ortoped Maks Gordon. 

Ta’kidlanishicha, sun’iy intellekt har xil turdagi sinishlarni qanday aniqlashni allaqachon o‘rgangan va kelajakda davolanishni tavsiya eta oladi. 

“Sun’iy intellekt bu ishni bir zumda bajarishga qodir, bu bizda hozirda kadrlar yetishmaydigan sohada ko‘p vaqt talab qiluvchi ish o‘rinlari sonini kamaytirishga yordam beradi”, deb tushuntirgan Gordon. 

Uning aniqlik kiritishicha, texnologiya ortopediyadan tashqari shoshilinch tibbiy yordam va ginekologiya kabi sohalarda ham joriy etilishi mumkin. Shuningdek, hamshiralar taqchilligini kamaytirish mumkin bo‘ladi. 

Bundan tashqari, sun’iy intellekt bir necha o‘nlab boshqa kasblardagi odamlarni almashtira oladi. Gap buxgalterlar, fotomodellar, poligrafiya sanoati, yog‘ochga ishlov berish, kimyo va metallurgiya sanoatidagi ishchilar, kassir va sotuvchilar, qishloq xo‘jaligida kichik xodimlar, farroshlar, mashinistlar, montajchilar, kichik ma’muriy xodimlar, payvandchilar, quruvchilar, agentlar, haydovchilar, o‘rmonchilar va pochtachilar
kabi mutaxassislar haqida ketmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shvetsiya kasblar

Baholaganlar

2658

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing