Teylor Svift paradda halok bo‘lgan qiz uchun 100 ming dollar ajratdi
Madaniyat-san’at
−
17 fevral
7954Amerikaning Kanzas-Siti shahridagi paradda otishma sodir bo‘ldi. Amerika pop yulduzi Teylor Svift esa unda qurbon bo‘lgan odamning oilasiga 100 ming dollar xayriya qildi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Gap shundaki, shaharda Super Bowl sovrindori Kanzas City Chiefs futbol jamoasiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tgan. Ammo paradda otishma boshlangan. Oqibatda 21 kishi yaralangan, ularning yarmidan ko‘pi 16 yoshdan kichik bolalar bo‘lgan. Shuningdek, qatnashchilarning katta qismi hayoti uchun xavfli jarohatlar olgan.
Xonanda Teylor Svift ommaviy otishmada halok bo‘lgan Liza Lopes-Galvanning oilasiga 100 ming dollar xayriya qildi. Shuningdek, futbol jamoasi o‘yinchisi Trevis Kelcye ham xalok bo‘lganlar uchun ikki marta 50 ming dollar ajratdi.
Kanzas shahar politsiyasi boshlig‘i Steysi Greyvs otishmaning terrorizm yoki mahalliy zo‘ravonlik ekstremizmi bilan aloqasi yo‘qligini bildirgan. Uning aytishicha, ushbu ish yuzasidan uch kishi hibsga olingan.
Ma’lumot uchun, Svift yillar davomida ko‘p marta xayriya qilgan. Shu jumladan, 2020 yilda ona shahri Nashvilldagi tornado oqibatlarini bartaraf etish uchun 1 million dollar ajratgan. Boshqa safar esa u ekskursiyada ishlaydigan yuk mashinasi haydovchilari jamoasiga 5 million dollar atrofida bonuslar bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Teylor Svift ilk bor milliarderlar ro‘yxatidan joy olgandi.