Tesla mushuklar Cybertruck’ining savdosini yo‘lga qo‘ydi

Texnologiya

image

Tesla Xitoyda Cybertruck elektr pikapi shaklidagi kartondan tayyorlangan mushuk karavotini taqdim etdi. Bu haqda “Habr” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu noodatiy to‘shakning savdosi allaqachon boshlangan. Ishlab chiqaruvchining ta’rifiga ko‘ra, bu “mashina” ko‘p funksiyali bo‘lib, yarim ochiq Cybertruck dizayn elementiga o‘xshaydi va ichida har qanday mushukning kundalik ehtiyojlariga mos keladigan namlikka chidamli qog‘ozning almashtiriladigan bloklari mavjud.

To‘shakning tashqi elementlari o‘lchami 56x41x25 sm, almashtiriladigan taglik qismining o‘lchami 45x19x2,5 sm. Uning hozirgi sotuvdagi narxi taxminan 1200 rubl (1,24 AQSH dollari)ni tashkil qiladi.

Ishlab chiqaruvchi modelni yig‘ilmagan holda yetkazib beradi. Xaridorning o‘zi karton bo‘laklarini bir-biriga kirgizib, yig‘ishi kerak. Shundan so‘ng mahsulotda sifat muammosi bo‘lmasa, uni qaytarish imkoniyati mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, Tesla to‘rt yillik kechikishdan so‘ng birinchi Cybertruck’ning qurilish ishlarini shu yil iyul oyida yakunladi.


Maqola muallifi

Teglar

mushuk Tesla Cybertruck to'shak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing