Terrorchilar bilan to‘qnash keldik – Zelenskiy Ukrainaga uyushtirilgan shiddatli raketa hujumlari haqida
Olam
−
10 Oktabr 2022
8645Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 10 oktyabr kuni ertalab mamlakat shaharlarining ommaviy o‘qqa tutilishi munosabati bilan mamlakat fuqarolariga videomurojaat e’lon qildi. Videoga qaraganda, u Kiyev markazidagi Bankova ko‘chasida yozib olingan.
“Ertalab qiyin. Biz terrorchilar bilan to‘qnash keldik. O‘nlab raketalar, Eron “Shahid”lari (dron – tahr.). Ularning ikkita maqsadi bor.
Energetika ob’ektlari – butun mamlakat bo‘ylab. Kiyev viloyati va Xmelnitskiy viloyati, Lvov va Dnepr, Vinnitsa, Ivano-Frankovsk viloyati, Zaporoje, Sumi viloyati, Xarkov viloyati, Jitomir viloyati, Kirovograd viloyati, Janub. Ular vahima va tartibsizlik paydo qilmoqchi, ular bizning energiya tizimimizni yo‘q qilishni xohlashadi. Ular umidsiz.
Ikkinchi nishon – odamlar. Ular ko‘proq zarar keltirish uchun ataylab shunday vaqt va shunday nishonlarni tanladilar.
Bugun boshpanada qoling. Har doim xavfsizlik qoidalariga rioya qiling. Va har doim esda tutingki, Ukraina bu dushman paydo bo‘lishidan oldin edi, Ukraina undan keyin ham bo‘ladi”, deydi Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, Kerch bo‘g‘ozidagi Qrim ko‘prigidagi portlashdan ikki kun o‘tib, bugun, 10 oktyabr kuni Ukraina shaharlariga yirik raketa hujumlari boshlandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin voqeani terakt deb atadi va bunda Ukrainani aybladi. Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning aytishicha, Rossiyaning portlashga javobi faqat “terrorchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘q qilish” bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi