Termizdagi maktabning ikkinchi qavati yonib ketdi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 17 may kuni soat 10:00 da Surxondaryo viloyati Termiz shahar S.Termiziy ko‘chasida joylashgan 6-umumta’lim maktabida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, hodisa joyiga Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 6 ta yong‘in-qutqaruv guruhi soat 10:05 da yetib borib, soat 10:15 da yong‘in qurshab olingan, soat 10:40 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida bino 2-qavatining taxminan, 120 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi zaralangan. 

Qayd etilishicha, hodisaning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yong‘in oqibatida tan jaroxat olganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Termiz

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing