Termizda yigit sevgan qizi bilan yurgan bolani kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida bir bola kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 6 aprel kuni soat 16:30 larda Termiz shahri, “Alpomish” mahallasida joylashgan motamsaro ona haykali yonida voyaga yetmagan X.E. yaxshi ko‘rgan qizini voyaga yetmagan M.J. bilan birga yurganini ko‘rib qolib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan M.J.ni urib tan jarohati yetkazgan. 

Respublika Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi viloyat filialining ma’lumotnomasiga ko‘ra, M.J.ning burun devorlarini ikki tomonlama sinishi kabi tan jarohati olgani aniqlangan. 

Bugun, 10 aprel kuni ushbu holat yuzasidan Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishining tergovi Termiz shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo janjal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing