Termizda bemorlar uchun ajratilgan pullarni “yeb yuborgan” bosh hisobchi aniqlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida bosh hisobchi davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun ajratilgan yordam pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo‘lim boshqaruvi bosh hisobchisi M.T. va boshqalar 2021-2022 yillar mobaynida fond huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda davolanish va jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun 48 nafar fuqaroga yordam pullari berilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, jami 499,8 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi departamentning xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Termiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing