Termiz – Istanbul, Termiz – Dubay yo‘nalishlarida yangi reyslar qo‘yiladi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahridan Istanbul va Dubay shaharlariga yangi aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda bugun, 27 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda so‘z bordi.

Yig‘ilishda Termiz – Istanbul, Termiz – Dubay yo‘nalishlarida yangi reyslar qo‘yilishi belgilangan.

Qayd etilishicha, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo, Sherobod va Boysundan kuniga 100 ming odam viloyat markaziga yengil mashinada kelib-ketyapti. Surxondaryoga olib kelinayotgan 125 ta avtobusni birinchi navbatda ushbu yo‘nalishlarga qo‘yish topshirilgan.

Yil oxirigacha Muzrabotdagi 56 ming aholiga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetkazib berish loyihasi yakuniga yetkaziladi.

Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Qiziriq va Boysun markazlariga kanalizatsiya olib borish loyihasi boshlanadi.

“Mustaqillikning 25 yilligi” yirik gazni qayta ishlash majmuasidagi texnologik murakkab masalaga hamkorlar bilan ilmiy yechim topilgani qayd etilgan.

“Biz avariyani ham to‘xtatamiz, Surxondaryo iqtisodiyotiga katta turtki beradigan loyihani ham boshlaymiz”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo aviareys

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing