Termiz hokimining Damas`lar bo‘yicha qarori bekor qilindi

Jamiyat

image

Bir necha hafta avval Termiz hokimining shaharda Damas taksilari harakatini taqiqlash to‘g‘risidagi qarori jamoatchilik orasida muhokamalarga va e’tirozlarga sabab bo‘lgandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Termiz shahrida harakatlanayotgan yo‘nalishli taksilar (Damas) faoliyatini cheklash bo‘yicha Termiz shahar hokimining qarori yuzasidan olib borilgan o‘rganish ishlarini yakunladi va ushbu holat bo‘yicha tegishli ish qo‘zg‘atdi.

Termiz shahar hokimining 2019 yil 13 iyundagi “Termiz shahrida transport xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi K-1773-sonli qarori bilan shahar ichkarisida harakatlanayotgan yo‘nalishli Damas taksilari harakatini 2019 yil 1 iyuldan to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatmasi O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga zid ravishda qabul qilinganligi xolati Qo‘mitaning Maxsus komissiyasini joriy yilning 8 iyulida o‘tkazgan yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Termiz shahar hokimligi vakili ishtirok etgan Komissiya yig‘ilishida hokimlik tomonidan qabul qilingan qarorning ayrim bandlari O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga zidligi, shundan kelib chiqqan xolda, aniqlangan qonunbuzilish holati yuzasidan tegishli ajrim chiqarilib, hokimlikka nisbatan ish qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida tushuntirish berildi.

Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan Termiz shahar hokimligiga ushbu qarorning tegishli bandini, ya’ni shahar ichida harakatlanayotgan yo‘nalishli Damas taksilari harakatini 2019 yil 1 iyuldan to‘xtatish bo‘yicha topshirig‘ini bekor qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.

Termiz hokimining Damas`lar bo‘yicha qarori yuzasidan Adliya vazirligi ham munosabat bildirib, 10 kun muhlatda qarorni bekor qilishni so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Termiz Damas

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing