Tergovga chaqirilgan Poroshenko Ukrainadan “quyon bo‘ldi”

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukrainaning sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenko, Davlat tergov byurosi (DTB) o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari hududidan ko‘mir yetkazib berish ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqiruv qog‘ozini topshirishga harakat qilganda mamlakatni tark etdi. Poroshenko kecha, 17 dekabr kuni mamlakatni tark etganini u rahbarlik qilayotgan “Yevropa birdamligi” partiyasi matbuot xizmati tasdiqladi.

DTBga ko‘ra, Poroshenko Oliy Rada binosi yonida unga chaqiruv qog‘ozini topshirishga urinishlariga e’tibor bermay, “noma’lum tomonga ketgan”.

Ushbu ish Ukraina Jinoyat kodeksining 258-3-moddasining 1-qismi ("terroristik tashkilot tuzish"), 258-5-moddasining 1 va 3-qismi ("Terrorizmni moliyalashtirish) va 111-moddasining 1-qismi (Davlatga xiyonat) bo‘yicha ko‘rib chiqilyapti.

Poroshenko partiyasi siyosatchi “oldindan rejalashtirilgan diplomatik safari uchun Turkiya va Polshaga jo‘nab ketganini” ta’kidlamoqda. Shunday qilib, 18-19 dekabr kunlari u Turkiyada bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi deyiladi “Yevropa birdamligi” e’lon qilingan postda.

Keyinroq, 20-21 dekabr kunlari Poroshenko Polshada “Rossiya – Ukraina – NATO: sharqiy qanotda keskinlikning kuchayishi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi”, deya ishontirmoqda partiya. 

Bundan tashqari, Poroshenko Ukrainaga tinchlik va xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurashishda yordam berish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish doirasida parlament va siyosiy doiralar vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Pyotr Poroshenko

Baholaganlar

416

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing