Poroshenko o‘ziga quchoq ochgan Putinga javob qaytardi
Olam
−
08 fevral 2022
21452Ukrainaning sobiq Prezidenti, Oliy Rada deputati Pyotr Poroshenko Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning unga “gumanitar sabablarga ko‘ra” boshpana berishi haqidagi bayonotiga izoh berib, Kiyev buni “o‘zi hal qilishiga” ishontirdi.
Ukrainaning sobiq Prezidenti o‘zining jinoiy javobgarlikka tortilishini mamlakatning amaldagi rahbari Vladimir Zelenskiyning “Putinga tayyorlagan sovg‘a”si deb ta’riflagan. Poroshenko uning ishi bilan shug‘ullanayotgan amaldagi davlat rahbari va huquq-tartibot idoralarini Rossiyada tahdidiga qarshi Ukraina himoyasi uchun ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirgan.
“Va Vladimir Vladimirovich oxir-oqibat buni Ukrainada o‘zimiz hal qilishimizni tushunishi kerak”, deb yozadi Poroshenko.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, davlat rahbari sifatida Poroshenko Rossiya hamda o‘z-o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari rasmiylari bilan til biriktirib, Donbassdan Ukrainaga ko‘mir eksport qilish sxemasini tashkil qilgan. Sobiq Prezident 2014-2015 yillarda Donbassdan ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha jinoiy ishda ayblanuvchi hisoblanadi. Unga Ukraina Jinoyat kodeksining “Terrorizmni moliyalashtirish”, “Davlatga xiyonat” va “Terrorchi tashkilot tuzish” moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Tergovchilarning ta’kidlashicha, Ukrainaga jami 1,5 milliard griven (4 milliard rubl) miqdorida ko‘mir tashilgan.
Sobiq Prezident bilan birga “ko‘mir” ishida Viktor Medvedchuk, Ukrainaning “Hayot uchun muxolifat platformasi” partiyasi siyosiy kengashi rahbari, tadbirkor Sergey Kuzyara va sobiq Energetika vaziri Vladimir Demchishin ham ayblanmoqda.
Avvalroq, Putin zarurat tug‘ilsa, Poroshenkoga siyosiy boshpana berishga tayyorligi haqida ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi