Poroshenkoni qamoqqa olish bo‘yicha sud majlisi boshlandi

Olam

image

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko Kiyev xalqaro aeroportidan to‘g‘ri Pecherskiy tuman sudiga keldi. U sud binosiga kirishdan avval bu yerda to‘plangan tarafdorlari bilan uchrashdi. 

O‘z nutqida yana bir bor aeroportda aytgan gaplarini takrorlab, "Biz Poroshenkoni himoya qilish uchun emas, biz birlashish va Ukrainani himoya qilish uchun keldik", dedi. 

Ayni vaqtda Kiyev sudi Poroshenkoga qo‘yilgan “davlatga xiyonat” ayblovi bo‘yicha jinoiy ish yuzasidan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqishni boshladi

Eslatib o‘tamiz, Poroshenko bugun, 17 yanvar kuni mamlakatga Ukrainaga qaytdi. 

Avvalroq, Poroshenko Kiyevga 17 yanvar kuni yetib borishini ma’lum qilgandi. Shu kuni Kiyevning Pecherskiy tuman sudi majlisi rejalashtirilgan bo‘lib, unda sobiq prezidentni hibsga olish haqidagi ariza ko‘rib chiqiladi. Sudning joriy yil 6 yanvardagi qarori bilan sobiq prezidentning mol-mulkiga taqiq qo‘yildi. Poroshenko ushbu sud majlisida qatnashish niyati borligini tasdiqladi, biroq hibsga olinmasligiga ishonch bildirdi, chunki buning uchun qonuniy asoslar yo‘q. U hibslansa, birinchi navbatda “Ukrainaning amaldagi Prezidenti Vladimir Zelenskiyga zarar keltiraman”, deb hisoblaydi. 

Sobiq prezident 2014-2015 yillarda Donbassdan ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha jinoiy ishda ayblanuvchi hisoblanadi. Unga Ukraina Jinoyat kodeksining “Terrorizmni moliyalashtirish”,  “Davlatga xiyonat” va “Terrorchi tashkilot tuzish” moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Poroshenkoni mol-mulkini musodara qilish yoki musodara qilmasdan 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi kutmoqda. 2021 yil dekabr oyida tergovchilar unga chaqiruv qog‘ozini bermoqchi bo‘lgan, biroq sobiq prezident ularga e’tibor bermay, o‘sha kuniyoq Turkiyaga uchib ketgan. Poroshenkoning partiyasi sobiq prezident “oldindan rejalashtirilgan diplomatik safari bilan Turkiya va Polshaga jo‘nab ketganini” xabar qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Pyotr Poroshenko

Baholaganlar

174

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing