Poroshenko Zelenskiyni munosib jazolashga va’da berdi
Olam
−
17 yanvar 2022
10433Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko amaldagi Prezident Vladimir Zelenskiyning qudratiga qarshi chiqqanlarni birlashishga chaqirdi. Bu haqda u Kiyev ayeroporti oldida o‘z tarafdorlari qarshisidagi chiqishida so‘z ochgan.
"Biz Poroshenkoni himoya qilish uchun emas, biz birlashish va Ukrainani himoya qilish uchun keldik", dedi sobiq prezident.
Uning qayd etishicha, uni nafaqat o‘zining “Yevropa birdamlik” partiyasi, balki Ukrainaning amaldagi hukumatiga qarshi bo‘lgan boshqa siyosiy kuchlar ham qo‘llab-quvvatlaydi.
“Boshqa siyosiy demokratik kuchlar vakillarining biz bilan birga bo‘lishi juda muhim, bu hozir bizning birlashuvimiz ramzidir, chunki endi biz birlashib, birlashgan Ukraina kuchli ekanini ko‘rsatishimiz kerak”, deydi Poroshenko.
Uning ta’kidlashicha, kuchli Ukraina Rossiyani chekinishga majbur qila oladi. U mamlakatning amaldagi hukumati vakillari munosib jazoga tortilishiga va’da berdi.
“Zelenskiylar va Kolomoyskiylar, biz davlatimiz poydevorini qurayotganimizda, Ukrainani vayron qilishdi, soliq to‘lovchilar cho‘ntagidan o‘nlab million dollarlarni olib chiqib ketishdi, London va Italiyada villalar qurishdi. Hozir esa hokimiyat, ular bizni xiyonatda ayblamoqda, buning uchun hammasi javob beradi”, deydi u.
LiveBarchasi