Kreml Zelenskiy va Poroshenko nima uchun qidirilayotganini izohladi
Olam
−
06 may
11755“Tergovchilarimizda Kiyev rejimining jinoyatlari haqida yetarlicha dalillar bor”. Bu haqda Kreml voizi Dmitriy Peskov Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va mamlakat sobiq rahbari Pyotr Poroshenkoning qidiruvga berilishi haqidagi nutqida aytib o‘tdi.
“Bo‘limlarimiz o‘z zimmasiga olgan ishni qilmoqda. Tergovchilarimiz Kiyev rejimining jinoyatlari haqida juda ko‘p ma’lumot to‘playapti. Hozircha boshqa aytadigan gapim yo‘q”, degan Peskov jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda mamlakatning sobiq rahbari Pyotr Poroshenkoni jinoiy ayblovlar bo‘yicha qidiruvga bergandi. Qiziq tomoni, ularning aynan qaysi moddalar bilan ayblanayotgani qayd etilmagan. Faqat Zelenskiy va Poroshenko haqida ma’lumotlar keltirilgan xolos.
LiveBarchasi