IIV Tergov departamenti “zam”i ham ishdan bo‘shashga ariza yozgani aytilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Oybek Qulbekov ham lavozimidan ozod etilishini so‘rab, ariza yozgani aytilmoqda. QALAMPIR.UZ'dagi qo‘shimcha ma’lumotlarga ko‘ra, Qulbekov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ariza yozgan bo‘lishi mumkin.

Oybek Qulbekov Ichki ishlar vazirining 16 noyabrdagi buyrug‘i bilan Tergov departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari – Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.

Tayinlovga qadar u Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimidan ketish uchun ariza yozgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB IIV O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing