Teraktdan so‘ng Raisiy Kirmonga bordi
Olam
−
05 yanvar 2024 5606 1 daqiqa
Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy teraktlar sodir etilgan Kirmon shahriga tashrif buyurdi.
U shahar xavfsizlik idoralari rahbarlari va jabrlangan fuqarolar bilan uchrashgan. Bu haqda “Fars News Agency” ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Raisiy shahar xavfsizlik idoralari rahbariyati bilan Kirmon shahrida Golzar-Shaxadaye shaharchasiga olib boruvchi yo‘lda sodir etilgan terakt bo‘yicha uchrashuv o‘tkazgan va "Payg‘ambar" shifoxonasida terakt oqibatida jabrlanganlar ahvolidan xabar olgan.

Eslatib o‘tamiz, Erondagi portlashlar ISHIDning xudkush-terrorchilar tomonidan faollashtirilgani e’lon qilingan edi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr