Eronda prezidentlikka nomzodlar ro‘yxatga olina boshlandi
Olam
−
31 May 2024 5906 1 daqiqa
Eronda kecha, 30 may kuni prezidentlikka nomzodlarni rasmiy ro‘yxatga olish boshlandi. Bu haqda ISNA agentligi xabar berdi.
Mamlakat prezidenti lavozimida ishlagan Ibrohim Raisiy aviahalokatda vafot etgani munosabati bilan muddatidan oldin saylovlar 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun nomzodlar keyingi besh kun ichida Eron Ichki ishlar vazirligiga shaxsan kelishi kerak.
Nomzodlarni ro‘yxatga olgandan so‘ng, 12 kishilik Konstitutsiya qo‘riqchilari kengashi prezidentlikka nomzodlar mafkuraviy jihatdan mos keladimi yoki yo‘qligini hal qiladi. Tasdiqlangan nomzodlarning yakuniy ro‘yxati Kengash tomonidan 11 iyun kuni e’lon qilinadi. Shundan so‘ng siyosatchilarga saylovoldi tashviqoti uchun ikki hafta vaqt beriladi. Agar saylovning birinchi bosqichida nomzodlarning hech biri mutlaq ko‘pchilik ovozni ololmasa, 5 iyul kuni bo‘lajak prezidentni aniqlaydigan ikkinchi tur o‘tkaziladi.
Prezident Eronda ikkinchi muhim mansabdor shaxs bo‘lib, u vakillik funksiyalarini bajaradi va mamlakat ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Prezident 4 yil muddatga saylanadi va bu lavozimni ketma-ket ikki muddatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga egallashi mumkin.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr