Raisiyning onasi Pezeshkiyonga muhim tavsiya berdi (video)
Olam
−
08 may 8689 1 daqiqa
Eronning marhum prezidenti Ibrohim Raisiyning onasi Prezident Mas’ud Pezeshkiyonga vertolyotlarga chiqmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda “Iran International” xabar berdi.
Razaviy ziyoratgohini ziyorat qilish va qurultoyda ishtirok etish uchun Mashhad shahriga tashrif buyurgan Prezident Raisiyning onasini ko‘rishga borgan. Sobiq davlat rahbarining onasi unga vertolyotga chiqmaslikni maslahat bergan.
Raisin o‘tgan yilning may oyida tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan birga Ozarbayjondan qaytayotganda vertolyot halokatida halok bo‘lgan. Buning sababi hali ham noma’lum, rasmiylar yomon ob-havoni sabab qilib ko‘rsatgan.
“The New York Times” nashriga ko‘ra, vertolyot halokati “xalqaro munosabatlarning nozik bir pallasida” AQSH va Eron rasmiylari o‘rtasida Yaqin Sharqdagi yirik mojaro xavfini kamaytirish bo‘yicha bilvosita muzokaralardan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi.
Ba’zilar Raisiyning o‘limiga Amerika sababchiligini aytsa, boshqalar bu mamlakat ichidagi kuchlarning ishi ekanini taxmin qilgandi. Yana bir versiyaga ko‘ra, prezidentning o‘limi Eronning Isroilga oxirgi oylardagi hujumiga javoban uyushtirilgan. Qizig‘i, ularning orasida Raisiyning o‘limiga rostdan ham, yomon ob-havo sharoiti sabab bo‘lganiga ishonadiganlar ham bor.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr