Eron Prezidenti Tramp bilan uchrashishdan bosh tortdi

Olam

−

image

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ikki mamlakat o‘rtasidagi ishonch qayta tiklanmagunicha amerikalik mavqedoshi Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazmaydi. Bu haqda Eron rahbarining o‘zi CBS telekanali jurnalistining savoliga javoban ma’lum qildi.

Muxbir Eron Prezidentidan Oq uy egasini Tehronga muzokaralarga taklif qila olishi yoki olmasligi haqida so‘ragan.

“Qarang, avvalo, siz Erondagi vaziyat qanday ekanini bilasiz. Ularning (amerikaliklarning) bizga va xalqimizga qilgan ishlari odamlarni juda xafa qildi”, deydi Pezeshkiyon.

Eron yetakchisi siyosiy nuqtai nazardan uning Tramp bilan uchrashuvini tashkil etish juda qiyinligiga e’tibor qaratgan. Tehron uchun Vashingtonga ishonish murakkab va bu masala hal bo‘lmagunicha, oliy darajadagi muzokaralar bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kuni AQSH va Eron vaqtinchalik o‘zaro anglashuv memorandumini tuzgan edi, biroq oradan atigi bir necha kun o‘tib, tomonlar bir-biriga o‘t ochishni davom ettirdi. Avvalroq, Donald Tramp Eronning Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va mintaqadagi janglarni yetti kun ichida to‘xtatishni nazarda tutgan tinchlik taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing