Erondagi portlashlarni kim sodir etgani ochiqlandi
Olam
−
05 yanvar
15487Joriy yilning 3 yanvar kuni Eronning Kirmon shahrida general Qosim Sulaymoniy o‘limining bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan marosim chog‘ida portlovchi qurilmalar xudkush-terrorchilar tomonidan faollashtirilgani e’lon qilindi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib IRNA axborot agentligi xabar berdi.
Bildirilishicha, ISHID terrorchilarining ikki tarafdori olomon orasida o‘zini portlatib yuborgan. Terakt uchun javobgarlikni ISHID terror tashkiloti o‘z zimmasiga olgan. Bungacha Eron rasmiylari terror hujumlarida Isroil va AQSHni ayblab, qasos olishga va’da bergan edi. Eron Sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim vaziri Baxrom Eynollohiyning aytishicha, 95 kishi halok bo‘lgan, yana 211 kishi jarohatlangan. Avvalroq IRNA axborot agentligi 103 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ko‘rsatkichni oldinroq ba’zi qurbonlar ikki martadan noto‘g‘ri hisoblangani bilan izohladi
Manbaga ko‘ra, xudkush-terrorchilar Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (Eron harbiylarining elita bo‘linmasi) qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy qabridan 1,5 va 2,7 kilometr uzoqlikda o‘zini portlatgan.