Teofimo Loma bilan revanshga rozimi? So‘z Bob Arumga

Sport

image

“Top Rank” promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum yengil vazn toifasida mutlaq Jahon chempioni Teofimo Lopes (16-0, 12 KO) va uch divizionda sobiq chempion Vasiliy Lomachenko (15-2, 11 KO) o‘rtasidagi ehtimoliy revansh jangi haqida gapirdi.

89 yoshli mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik Lopes ukrainalik Lomachenkoga qarshi ringga chiqishni istamaydi, tashkilot esa uning fikrini o‘zgartirish uchun majburlashga haqli emas.

“Biz Lomachenko – Kommi jangi g‘olibi Lopes bilan ringga ko‘tarilishini istaymiz, ammo Teofimo Vasiliy bilan ringga chiqish niyati yo‘q ekanini aytdi. Men uni bunga majburlay olmayman. Shuning uchun Lopes va Shakur Stivenson jangini o‘tkazishga urinib ko‘raman. Shakur yengil vaznga ko‘tarilishni xohlaydimi yoki yo‘q bu ham aniq emas. Ular bir qarorga kelishlari kerak, chunki Stivenson bilan bu haqda gaplashmaganman”, deydi Arum.

Eslatib o‘tamiz, Teofimo Lopes joriy yilning 27 noyabr kuni Jorj Kambososga (19-0) qarshi bahs olib boardi. Loma esa 11 dekabr kuni Richard Kommi (30-3) bilan bellashadi.

Ma’lumot uchun, Lopes 2020 yil avgust oyida Lomachenkoni, 2019 yil dekabrda Kommini mag‘lubiyatga uchratgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

WBA WBC IBF WBO Prof boks Lomachenko Kommi Lopes Kambosos

Baholaganlar

5

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing