“Teodor Ruzvelt”da koronavirusga chalinganlar soni 230 nafarga yetdi
Olam
−
08 aprel 2020
5453AQSHning “Teodor Ruzvelt” samolyot tashuvchi kemasida koronavirusga chalinganlar soni yana 230 nafarga yetdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar harbiy-dengiz kuchlari veb-saytida ma’lum qilingan.
4 aprel holatiga ko‘ra, kemada 155 nafar odam infeksiyadan zararlangan edi.
“Bugungi kunga kelib Teodor Ruzvelt jamoasi a’zolarining 79 foizining COVID-19 ga topshirgan testi ijobiy chiqdi. Bundan tashqari, 2037 dengizchida u salbiy natijani ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda.
Dengiz kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, guruhning 3 mingdan ortiq a’zosi qirg‘oqqa ko‘chirilgan.
Kema kapitani Brett Kroze rahbariyat nomiga yo‘llagan maktubi ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingach, u lavozimidan chetlatildi. Maktubda ekipajning ko‘p qismini qirg‘oqqa tushirish iltimos qilingan edi.
LiveBarchasi