Tennis: Jokovich “Rolan Garros” turnirida Nadalning hukmronligiga chek qo‘ydi
Sport
−
12 iyun 2021
3983Tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” musobaqasining yarim finalida serbiyalik Novak Jokovich ispaniyalik Rafael Nadalga qarshi bahs olib bordi va 3-6, 6-3, 7-6, 6-2 hisobida g‘alaba qozondi. Bu bilan Jokovich “Rolan Garros” musobaqasida Rafael Nadalning 4 yillik hukmronligiga chek qo‘ydi.
“Bu — hayotimdagi eng yaxshi bellashuvlardan biri”, deydi Novak o‘yindan keyin.
Jahonning birinchi raqamli tennischisi, 34 yoshli Jokovich ertaga, 13 iyun kuni o‘tkaziladigan finalda gretsiyalik Stefanos Sitsipas bilan bahs olib boradi. 22 yoshli Stefanos yarim finalda germaniyalik Aleksandr Zverevni 5 setda 6-3, 6-3, 4-6, 4-6, 6-3 hisobida mag‘lub etib, o‘z faoliyatida birinchi marta “Katta dubulg‘a” musobaqalarining finaliga chiqdi.
Ma’lumot uchun, “Rolan Garros”da 14 marta yarim finalda ishtirok etgan Nadal 108 uchrashuvda, uchinchi bor mag‘lub bo‘ldi. U so‘nggi to‘rtta mavsumning barchasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Humoyun Oripov
LiveBarchasi