Tennis: US Open mukofot pullari rekord miqdorda oshirildi

Sport

image

Bugun, 24 avgust kuni AQSHning Nyu-York shahrida tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi so‘nggi musobaqa – AQSH ochiq chempionati (US Open) boshlanadi. Tashkilotchilar joriy yilgi turnir uchun mukofot pullari taqsimotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, sovrin jamg‘armasi rekord darajaga oshirilgan va 57,5 million dollarni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, yakkalik bahslarida yarim finaldan boshlab to‘lovlar o‘tgan yilgiga qaraganda kamroq bo‘ladi. Ammo saralash o‘yinlarida mukofot pullari 66 foizga oshgan.

Mukofot pullari quyidagicha taqsimlangan:

1-davra – 75 000 AQSH dollari, 2020 yilda 61 000 dollar;
2-davra – 115 000 AQSH dollari, 2020 yilda 100 000 dollar;
3-davra – 180 000 AQSH dollari, 2020 yilda 163 000 dollar;
4 -davra – 265 000 AQSH dollari, 2020 yilda 250 000 dollar;
Chorak final – 425 000 AQSH dollari, 2020 yilda 425 000 dollar;
1/2 final – 675 000 AQSH dollari, 2020 yilda 800 000 dollar;
Finalchi – 1 250 000 AQSH dollari, 2020 yilda 1 500 000 dollar;
Chempion – 2 500 000 AQSH dollari, 2020 yilda 3 000 000 dollar.

Eslatib o‘tamiz, US Open turnirining o‘tgan yilgi g‘olibi erkaklar o‘rtasida avstriyalik Dominik Tim, ayollar o‘rtasida esa yaponiyalik Naomi Osaka hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, bir hafta davomida saralash o‘yinlari o‘tkaziladi. Joriy yilning 30 avgust kunidan boshlab asosiy to‘r bahslariga start beriladi. Musobaqa g‘olibi pul mukofotidan tashqari 2000 reyting ochkosiga ham ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

WTA ATP US Open Dominik Tim Naomi Osaka

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing