Tennis. ITF Jokovich ishi bo‘yicha bayonot berdi

Sport

image

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich atrofidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi.

“ITF Avstraliya hukumatining qarorini hurmat qilsa-da, Jokovich bilan bog‘liq vaziyat barchani xafa qiladi. Bayonnomalar aniq va o‘z vaqtida yetkazilishi va samarali bo‘lishi uchun hamma tegishli jarayonga rioya qilishi kerak. ITF to‘liq emlash shaxsiy qaror, deb hisoblaydi. Bu esa barchamiz uchun cheklovlarni yumshatish va kelajakda shunga o‘xshash hodisalarning oldini olish uchun qilishimiz kerak bo‘lgan mas’uliyatli harakatdir”, deyiladi tashkilot bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Novak Jokovichning Avstraliya ochiq chempionatidagi ishtiroki bilan bog‘liq masala haligacha hal etilmagan. Kecha, 14 yanvar kuni Jokovichning vizasi Immigratsiya vaziri Aleks Xouk tomonidan bekor qilingan edi. 

Shundan so‘ng, sud majlisi bo‘lib o‘tdi, uning natijasida Novakning ishini Avstraliya Federal sudiga topshirishga qaror qilindi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya Tennis Jokovich Aleks Xouk

Baholaganlar

11

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing