Tennis. Istomin Italiyadagi turnirning hal qiluvchi bosqichida bellashadi

Sport

image

Ayni kunlarda Italiyaning Ortezei shaharchasida tennis bo‘yicha "Chelenjer" turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada o‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin ham juftlik bahslarida ishtirok etmoqda.

Istomin va rossiyalik Yevgeniy Karlovskiy tandemi musobaqaning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yarim finalda Istomin – Karlovskiy juftligi chexiyalik tennischilar Petr Nouza va Endryu Poulson tandemini 6/3, 6/7(2), katta tay-brekda 11-9 hisobida mag‘lub etdi.

Bugun, 29 oktyabr kuni musobaqaning final bahsi bo‘lib o‘tadi. Istomin va Karlovski finalda ispaniyalik Serxio Martos Gornes hamda italiyalik Marko Bortolotti juftligiga qarshi oktagonga chiqadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da start oladi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tennis

Baholaganlar

14

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing